• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 19
Гостей: 19
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 6 » “Yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib, tezda qoching deb ogohlantirdi”. Sardobadagi falokatdan birinchilardan bo‘lib xabar topgan fuqarolar
15:39
“Yig‘lab qo‘ng‘iroq qilib, tezda qoching deb ogohlantirdi”. Sardobadagi falokatdan birinchilardan bo‘lib xabar topgan fuqarolar

"Davyergeodezkadastr” qo‘mitasi Sardobadagi suv omborining o‘pirilib, suv toshib chiqqan kecha to‘g‘on atrofidagi qishloq aholisi bundan qanday xabar topgani, ularni kim birinchi bo‘lib ogohlantirgani haqida lavha tayyorladi.

Ta’kidlanishicha, Sardoba tumani "Qo‘rg‘ontepa” mahallasida yashovchi Toir Rahmonovga suv to‘g‘oni yaqinida istiqomat qiluvchi akasi qo‘ng‘iroq qilib, suv toshgani haqida birinchi bo‘lib ogohlantirgan.

"Ertalab saharlikni qildik, akam bomdod namozini o‘qib bo‘lib, telefon qildi. U suv ombori o‘pirilgani, uydan bolalarini olib chiqib ketayotgani, men ham qo‘ni-qo‘shnilarni ogohlantirib, tezda qishloqdan chiqib ketishimni aytdi. Shu orada 4-5 odamga qo‘ng‘iroq qildim, bolalarimni uydan chiqardim. Qo‘shnilarni uyg‘otib, ularni traktorni tirkamasiga chiqarib, mahalla ichiga haydadik. Ular baqirib, xalqni ogohlantira boshladi. Zaruriy narsalarni olishga ulgurmadik, bunaqa vaziyatga hech tushmaganimiz uchun miyamiz ishlamay qolgandek edi”, — deydi Rahmonov.

Toir Rahmonov farzandlarini xavfsiz joyga ketayotgan mashinalarga chiqarib yuborib, o‘zi qolganlarga yordamlashgan.

Rahmonovning ta’kidlashicha, odamlar hammasi bir-birini ogohlantirib, jipslashib qishloqdan chiqib ketgan. Shuningdek, u suv toshqini borishi mumkin bo‘lgan Do‘stlik qishlog‘idagi Yangiboy Tursunovga qo‘ng‘rioq qilib, xavfdan ogohlantirgan.

"Soat 04:50 larda yig‘lab qo‘ng‘iroq qildi. ‘Tez qoching, ombor ketdi’ dedi. Boshqa hech narsa demadi. Telefonni qo‘yib, bolalarni uyg‘otib, zudlik bilan kiyinishlarini aytdim. Ko‘chaga chiqsam, hech kim yo‘q. Qo‘shnilarning eshiklarini tepib, baqirib odamlarni uyg‘ota boshladim. O‘zimiz 32 xo‘jalikda yashaymiz, orqa tarafda 16 ta xo‘jalik bor, ularniyam ogohlantirdim. Keyin bola-chaqani olib, hammaga aytib, yo‘lga chiqdik. Biz beton yo‘lga chiqqanimizda suv yetib kelganini aytishdi. Mol bozorga kelgan ekan. Mol bozor bilan uyimiz orasidagi masofa 500 metr edi.

Xalqimizga besh ketdim lekin. Bir-biriga qo‘lidan kelgancha yordamlashdi, odamlarni tashish deysizmi, ularni olib chiqishmi, nimaiki mashina bo‘lsa, olib chiqib odamlarni tashidi”, — deydi Yangiboy Tursunov.

Ma’lumot uchun, Sirdaryo viloyatidagi Sardoba suv omborida sodir bo‘lgan favqulodda vaziyat tufayli Sardoba, Oqoltin, Mirzaobod tumanlaridagi 24 ta mahalladan 90 mingga yaqin fuqaro zudlik bilan xavfsiz hududga evakuatsiya qilingan; hodisa oqibatida kamida 56 kishi turli darajada tan jarohati olgan, toshqin zonasida qolib ketgan yuzlab odamlar qutqarilgan, shuningdek, 4 nafar fuqaroning tabiiy ofat oqibatida halok bo‘lgani, 1 nafari bedarak yo‘qolgani aniqlandi.

Voqea yuz bergan kuniyoq Prezident Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatiga yetib bordi. U suv toshqini oqibatlarini ko‘zdan kechirdi, ofatdan jabrlangan aholi bilan muloqotda bo‘ldi, sharoit yaxshilanmagunicha hech bir rahbar hech qayerga ketmasligini ta’kidladi. Allaqachon qayta tiklanishi boshlangan to‘g‘onni bir necha bor borib ko‘rdi, ish jarayoni bilan tanishdi. To‘g‘onning yorilishi yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь