• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 22 » YeI 1 yilga qaytarish sharti bilan 10 ta davlatga 3 mlrd yevro ajratdi
17:01
YeI 1 yilga qaytarish sharti bilan 10 ta davlatga 3 mlrd yevro ajratdi

Yevropa Ittifoqi koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlariga qarshi kurashish uchun qo‘shni davlatlarga 3 milliard yevro ajratishga qaror qildi. Bu haqda bugun, 22 aprel kuni Bryusselda ma’lum qilingan Yevropa komissiyasining bayonotida aytiladi.

"Yevropa komissiyasi koronavirus pandemiyasining iqtisodiy oqibatlarini cheklashga yordam beradigan 10 ta sherigiga 3 milliard yevro miqdoridagi makro-moliyaviy yordam paketini taqdim etish taklifini ma’qulladi”, deyiladi hujjatda.

Hujjatda keltirilishicha, eng ko‘p yordamni Ukraina oladi – 1,2 milliard yevro. Bundan tashqari, Albaniya (180 million), Bosniya va Gersegovina (250 million), Gruziya (150 million), Iordaniya (200 million), Kosovo (100 million), Moldova (100 million), Chernogoriya (60 million), Shimoliy Makedoniya (160 million) va Tunis (600 million yevro) miqdorida yordam oladi.

"Mablag‘lar ushbu mamlakatlarning shoshilinch va tezkor moliyaviy ehtiyojlarini qondirish uchun 12 oy davomida juda imtiyozli shartlar asosida kredit shaklida taqdim etiladi. Xalqaro valyuta jamg‘armasi ko‘magi bilan birga, ushbu mablag‘lar makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlashga yordam beradi va fuqarolarni himoya qilish uchun mablag‘ ajratish uchun sharoit yaratadi”, deyiladi bayonotda.

Yevropa Komissiyasi YeI Kengashi va Yevropa Parlamentini yordamning birinchi transhi bilan ta’minlash uchun ushbu qarorni zudlik bilan qabul qilishga chaqirdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:588 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь