• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 6 » Yana ikki viloyatda 20 nafardan ortiq bemor koronavirusdan sog‘aydi
18:52
Yana ikki viloyatda 20 nafardan ortiq bemor koronavirusdan sog‘aydi

Xorazm va Andijon viloyatida jami 21 nafar bemor koronavirus kasalligidan butkul sog‘aydi. Bu haqda bugun, 6 may kuni Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

"Shu soatlarda yurtimizning yana ikki hududidan: Xorazm viloyatida 14 nafar, Andijon viloyatida 7 nafar, jami 21 nafar bemor butunlay sog‘ayib, reabilitatsiyaga kuzatildi", deyiladi xabarda.

Ta’kidlanishicha, Xorazmda tuzalganlarning barchasi Rossiyadan charter reys bilan olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, shifoxonaga joylashtirilgan. Hududlar kesimida oladigan bo‘lsak, Namangan va Samarqand viloyatlaridan 3 nafardan, 

Qashqadaryo, Xorazm viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Buxoro va Jizzax viloyatlaridan 1 nafardan. Ularning 11 nafari erkak, 3 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 81 yoshli otaxon bo‘lsa, eng yoshi kichigi 16 yosh. Viloyatda shu paytga qadar 153 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 167 nafarga yetdi.

Shuningdek, Andijonda darddan forig‘ bo‘lganlarning barchasi ushbu viloyatdan (5 nafari Andijon shahridan, 2 nafari Xo‘jaobod tumanidan) bo‘lib, koronavirus infeksiyasiga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olishgan. Ularning 5 nafari erkak, 2 nafari ayol bo‘lib, eng yoshi kattasi 53 yoshda bo‘lsa, eng yoshi kichigi 15 yoshda. Viloyatda shu paytga qadar 126 nafar bemor sog‘aygan bo‘lsa, endilikda ular 133 nafarga yetdi.

Shunday qilib, bugunning o‘zida 76 nafar bemor tuzalib, mamlakat bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘ayganlar 1577 nafarni tashkil etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirusni yuqtirib olish bilan bog‘liq ilk holat joriy yilning 15 mart kuni qayd etilgan edi. Hozirgacha virus yuqtirganlar 2231 nafarni tashkil qilyapti. Bugungacha bemorlarning 10 nafari vafot etgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:516 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:49
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь