• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 1 » Xushxabar! Buxoroda koronavirusga chalingan 25 nafar bemor tuzaldi, ular orasida Qirg‘iziston fuqarolari ham bor
15:24
Xushxabar! Buxoroda koronavirusga chalingan 25 nafar bemor tuzaldi, ular orasida Qirg‘iziston fuqarolari ham bor

Buxoro viloyatida koronavirusga chalingan navbatdagi 25 nafar bemor to‘liq sog‘aydi. Ular viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi mas’ullari ishtirokida reabilitatsiyaga kuzatildi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar berdi.

Shifo topganlarning 22 nafari Rossiyadan, 1 nafari esa Turkiyadan charter reys bilan Buxoroga olib kelingan va karantinga olingan. Koronavirus infeksiyasi tasdiqlangach, ular shifoxonaga joylashtirilgan. Qolgan 2 nafar bemor koronavirusga chalinganlar bilan muloqot orqali kasallikni yuqtirib olgan.

Sog‘ayganlar orasida Buxoro, Samarqand, Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 4 nafardan, Surxondaryo viloyatidan 3 nafar, Xorazm, Andijon, Namangan va Sirdaryo viloyatlaridan 1 nafardan fuqaro hamda Qirg‘iziston Respublikasining 2 nafar fuqarosi ham bor. Ularning 19 nafari erkak, 6 nafari ayol bo‘lib, eng kattasi 55 yoshda, eng esa kichigi 15 yoshda.

Buxoro viloyati bo‘yicha shu paytga qadar koronavirusdan sog‘aygan bemorlar soni 325 nafarga yetdi.

Shu paytga qadar O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasidan sog‘aygan bemorlar soni esa 1159 nafarga yetdi.

Avvalroq Qashqadaryoda koronavirusga chalingan barcha bemor sog‘aygani haqida xabar berilgan edi.

O‘zbekistonda 1-may soat 10:00 holatiga ko‘ra, koronavirus infeksiyasini yuqtirib olganlar soni 7 kishiga ko‘payib, 2046 nafarga yetdi. Mamlakatda 15-martdan buyon koronavirusga chalingan bemorlarning to‘qqiz nafari vafot etdi, shuningdek, 28-apreldan buyon sog‘ayganlar soni ayni vaqtda kasallikdan davolanayotganlar sonidan ko‘p bo‘lib turibdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:509 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:40
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь