• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 23
Гостей: 23
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Xorijda odamlar karantin tartibini buzmasligi uchun onlayn-kinoteatrlar, ko‘ngilochar portallar bepul ishlamoqda
16:02
Xorijda odamlar karantin tartibini buzmasligi uchun onlayn-kinoteatrlar, ko‘ngilochar portallar bepul ishlamoqda

COVID-19 koronavirusining tarqalgani dunyo davlatlarining ko‘pchiligida odamlarni uy sharoitida karantinga o‘tirishga majbur qilmoqda, lekin ko‘pchilik onlayn resurslar bu borada turli chegirmalar va bepul aksiyalarni joriy qilib, ularni tekinga nimadir o‘rganishga yoki yangi serial va filmlarni ko‘rishiga sharoit yaratmoqda.
11-martda JSST COVID-19 koronavirusining tarqalishi pandemiya darajasiga chiqqanini e’lon qildi. Butun dunyoda odamlardagi sarosima kuzatilmoqda: Yevropada hojatxona qog‘ozi uchun kurash boshlangan, ayrimlar zerikishdan uylarining balkoniga chiqib qo‘shiq kuylamoqda. Rossiyada karantin e’lon qilinmagan, lekin ko‘p kompaniyalar xodimlarini ofisga kelmay uydan ishlashiga ruxsat bergan, Moskvadagi maktablar esa karantin sabab yopilmoqda.

Uyda kamida ikki hafta karantinda qolayotganlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida onlayn-kinoteatrlar foydalanuvchilarga bepul obuna, ko‘ngilochar dasturlar esa tekinga o‘quv kurslarida o‘qishni taklif etmoqda.

15-martdan "Gazprom-media” xoldingi tomonidan yaratilgan Premier onlayn-kinoteatri barcha kontenti — seriallar, filmlar va reality shoularni tomosha qilishni bepul qildi;

"Kinopoisk HD” onlayn-kinoteatri esa promokod bo‘yicha obuna bo‘lmaganlar uchun ham aprel oxirigacha tekinga mediamahsulotlar ko‘rish imkonini yaratdi. Shuningdek, bepul musiqa tinglashga mo‘ljallangan "Yandeks.Plyus” servisidan foydalanishda ham chegirmalar bergan;

Ivi onlayn-kinoteatri servis narxini 1 rubl deb belgilagan. Ushbu aksiya 16-martdan 15-aprelgacha davom etadi;

16-martdan boshlab Mail.ru’ning Combo loyihasi promokod orqali ulangan foydalanuvchilarga 50 foizli chegirma beradi. Obuna bo‘lganlar 30-aprelgacha Okko onlayn-kinoteatridagi videomahsulotlarni va "Megafon-TV” kanallarini tomosha qilishi mumkin;

"Okko Sport” pandemiya sabab to‘xtatilgan Angliya premyer-ligasining, arxivdagi o‘yinlarini qayta ko‘rish imkoniyatini ham yaratgan. Uchrashuvlardan tashqari, mavsumlar haqidagi videolar va eng chiroyli gollarni kuzatish imkoniyati yaratilgan;

Boshqa onlayn servislar ko‘rsatuvchi resurslarda ham turli chegirmalar va aksiyalar e’lon qilingan.

Coursera onlayn-ta’lim platformasi hamkorlik qiluvchi universitetlar bilan maxsus masofaviy kurslarning 2020-yil 31-iyilgacha ochiq ekanini ma’lum qildi. Agar oliy ta’lim muassasi servisda ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lsa talabalarga ma’rifiy dasturlar bo‘yicha ta’lim olish imkoniyati yaratiladi;

"Radio Arzamas” ham koronavirus karantini sabab o‘quv kurslari, podkastlar va audiomateriallarga 15 kunlik bepul obunani e’lon qilgan;

Elektron mutolaa servisi Bookmate ham kitoblar uchun cheklovlarni olib tashladi.

"Uchi.ru” ma’rifiy onlayn-platformasi 23-martdan boshlab o‘qituvchilarga videoaloqa orqali masofadan turib darslar o‘tkazish imkoniyatini yaratib beradi.

Twitter’da Rossiya va xorij davlatlaridagi bepul o‘quv dasturlari haqidagi xeshteglar trendga chiqarildi. Masalan, Microsoft onlayn-kurslari, Pushkin muzeyi va bir nechta universitetlarning nomlari trendga chiqqan.

Biznes va musiqiy chiqishlar ham onlayn-rejimga o‘tmoqda

Koronavirus pandemiyasi davrida JSSTning ommaviy tadbirlar o‘tkazmaslik haqidagi tavsiyasi asosida Doing Great Agency tomonidan STAY onlayn konsertlar formati joriy etiladi;

STAY platformasi ommaviy tadbirlar, turnelar, konsertlar o‘tkaza olmayotgan artistlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida yaratilgan. G‘oyaga ko‘ra, artistlar strimming konsertlar uyushtirishi mumkin. Kompaniya konsertlar chiptalarini toifalarga ajratib chiqmoqchi: odatiy chiptadan tashqari, onlayn translyatsiya vaqtida xonandaning shaxsiy salomlashuvini ham tomosha qilish mumkin. Dastlabki konsert 26–29-mart kunlari o‘tkazilishi rejalashtirilgan;

19-mart kuni "Mail.ru dlya biznesa” Myteam messenjeridan foydalanishni kompaniyalar uchun bepul qiladi va Teambox’dagi imkoniyatlarni yanada kengaytiradi. Bu orqali COVID-19 tufayli xodimlari uydan ishlashga o‘tgan kompaniyalarning xarajatlarini qisqartirish ko‘zda tutilgan.

AQShda opera onlayn translyatsiya qilinmoqda, Disney esa multfilmlarni muddatidan avval namoyish qilmoqda

Nyu-Yorkdagi Metropoliten opera teatri sahnadagi chiqishni o‘z saytida to‘g‘ridan to‘g‘ri namoyish qilishini va’da berdi. Kompaniya AQShdagi keyingi spektakllarni koronavirus pandemiyasi sabab bekor qilgandi. Birinchi haftadagi onlayn-translyatsiyalar dasturiga Dmitriy Xvorostovskiy hamda Anna Netrebko ishtirokidagi "Trubadur” va "Yevgeniy Onegin” operalari ham kiritilgan;

Disney+ onlayn platformasi foydalanuvchilarga filmlar namoyishini bepul qilgani yo‘q, biroq "Muz yurak 2” multfilmini belgilangan muddatdan ikki oy avval tomoshabinlar e’tiboriga havola qildi. Kompaniya ushbu yo‘l bilan karantinda bolalari bilan qolgan ota-onalarni qo‘llab-quvvatlagan. Shuningdek, platformada kutilgan "Yulduzlar jangi” turkumidagi yangi filmni joylashtirgan;

Amerikaning Scholastic maktab jurnali uy sharoitida onlayn ta’lim beruvchi saytni ishga tushirgan. Kompaniya bolalar va ularning ota-onalarini qo‘llab-quvvatlamoqda. Saytda videodarslarga asoslangan topshiriqlar va vazifalarni tanlash, mashqlarni bajarish, kerakli bilim olish mumkin.

Ayrimlar ijtimoiy tarmoqlardagi xizmatlarni karantin davrida bepul qilishni so‘ramoqda, boshqalar esa tekin xizmatlarsiz ham o‘z uylarida muammolarsiz karantinda o‘tiribdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:545 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:12:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031