• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » Xorazmda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda. Ularning 856 tasi o‘ta nochor ahvolda
15:49
Xorazmda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda. Ularning 856 tasi o‘ta nochor ahvolda

Prezident Shavkat Mirziyoyev 13-mart kuni Urganchda Xorazm viloyati faollari bilan o‘tkazilgan yig‘ilishda viloyatda 200 ming ish o‘rni yaratish zarurligini ta’kidladi, deya xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

"Hududda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirmoqda. Shundan 856 tasi o‘ta nochor ahvolda. Ko‘plab odamlar ishlash uchun xorijga ketgan. Bularning barchasidan kelib chiqib, Xorazmda 200 ming ish o‘rni yaratish zarur”, — deyiladi Prezident matbuot xizmati axborotida.

Prezident aholini tadbirkorlikka jalb etgan holda yangi korxonalar va ish o‘rinlari yaratish, shu orqali kambag‘allikni keskin qisqartirish asosiy maqsad ekanini ta’kidlagan. Tuman va shaharlarda tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, banklarni "loyihalar fabrikasi”ga aylantirish zarurligi qayd etilgan.

2,5 mingta bo‘sh turgan binolar negizida ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish obyektlarini tashkil etish, "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasini yangi loyihalar bilan to‘ldirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgan. Qishloq tumanlarda pullik xizmat ko‘rsatish Urganch shahriga nisbatan 10-15 barobar pastligi ta’kidlanib, bunday obyektlarni keskin ko‘paytirish kerakligi belgilangan.

Avvalroq Xorazm viloyatida 26 610 ta kambag‘al xonadonga ko‘mak berilishi ko‘zda tutilgani ma’lum bo‘lgandi. Shundan 1010 xonadonga issiqxona qurib beriladi, 14 790 ta xonadonga takroriy ekinga yer beriladi, 5100 ta xonadondagi qoramollar sun’iy qochiriladi, 1150 ta xonadonga quyon, 2760 ta xonadonga parranda beriladi.

O‘zbekistonda kambag‘allikni kamaytirish dasturi ishlab chiqilishi haqida 2020-yil yanvarida Prezident Shavkat Mirziyoyev parlamentga Murojaatnomasi vaqtida aytib o‘tgan edi. Fevral oyida bo‘lib o‘tgan videoselektor yig‘ilishida esa O‘zbekiston aholisining 4-5 million nafari kambag‘al ekani, ularning bir kunlik daromadi 10-13 ming so‘m atrofida ekani ma’lum qilingan edi.

Mamlakatda kambag‘allikni kamaytirish uchun 2020-yilning o‘zida 700 million dollarlik dasturlar amalga oshirilishi kutilmoqda. Bu ishlar samarali tashkil etilishi uchun hukumat tarkibida o‘zgarishlar amalga oshirilib, Jamshid Qo‘chqorov bosh vazirning moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlangan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:573 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:44
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031