• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 23 » Xitoylik shifokor Italiyada koronavirusga qarshi yetarli choralar ko‘rilmaganini aytdi
15:10
Xitoylik shifokor Italiyada koronavirusga qarshi yetarli choralar ko‘rilmaganini aytdi

Xitoydagi Qizil Xoch jamiyati vitse-prezidenti Sun Shuopen Italiyada koronavirusga qarshi yetarli choralar ko‘rilmaganini aytdi. Bu haqda South China Morning post’ga tayanib,
"Milan — pandemiyadan eng ko‘p aziyat chekkan hududda qat’iy blokirovka yo‘q: jamoat transporti hali ham ishlamoqda, odamlar erkin harakatlanib yuribdi, birga ovqatlanmoqda, mehmonxonalarda yig‘ilish va o‘tirishlar o‘tkazmoqda va niqob taqishmayapti”, — deya koronavirusga qarshi kurashishda yordam berish uchun Milanga kelgan shifokor Italiya hukumatining xatolariga ishora qildi.

Uning aytishicha, italiyaliklar kasallik tarqalishini kamaytirish uchun o‘zlarining kundalik odatlaridan voz kechishi kerak. "Bilmayman, bu yerda odamlar nimani o‘ylaydi. Biz haqiqatan ham o‘zimizning iqtisodiy faoliyatimiz va odamlar bilan o‘zaro munosabatimizni to‘xtatishimiz kerak”, — deya so‘zlarini yakunlagan Sun Shuopen.

Xabarda aytilishicha, Italiyaga qo‘yilgan ayblovlarga qaramay, mamlakat Yevropa davlatlari orasida birinchilardan bo‘lib Xitoy bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgan edi. Bu 30-yanvar kuni Xitoyda kasallanganlar soni 9,5 ming, Italiyada esa 2 ta bo‘lgan vaqtda amalga oshirilgandi. Kasallanganlarning har ikkisi ham Xitoydan kelgan fuqarolar bo‘lgan.

23-fevralga kelib esa mamlakatda kasallanganlar soni 79 nafarga yetganida Italiya bosh vaziri o‘rinbosari Juzeppe Konte Lombardiya va Venetoda karantin joriy qilgandi. 8-martda ular qatoriga yana 14 ta provinsiya qo‘shildi. Oradan ikki kun o‘tib, mamlakatda koronavirusdan aziyat chekayotganlar soni 9 172 kishiga yetgani ma’lum qilinganidan keyin butun mamlakat bo‘ylab karantin e’lon qilingan.

Italiyaga koronavirus rasman yanvar oyi oxirida kirib kelgan. Ammo ayrim shifokorlar infeksiya mamlakatda bundan ancha oldin paydo bo‘lgan, degan fikrda. "Virus, ehtimol, uzoq vaqdan beri aylanib yurgan. Bu bizda aynan gripp avj olgan paytga to‘g‘ri kelgan va odamlar shifokorlarga mavsumiy gripp belgilarini aytgan”, — degan Italiya sog‘liqni saqlash instituti xodimi Flaviya Rikkardo.

Bugungi kunda italiyaliklarning 46 mingdan ortig‘i koronavirusga chalingan. Mamlakatda bir sutka davomida kasallanganlar soni 651 kishidan 5 476 kishiga ko‘tarilgan.

22-mart holatiga ko‘ra, butun dunyoda koronavirus bilan kasallanganlar soni 307 mingdan oshib ketgan. 13 ming nafar odam vafot etgan, 92,3 ming nafar odam tuzalgan. Infeksiya Xitoydan tashqari jahonning yana 167 mamlakatida kuzatilgan.

O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 46 nafarga yetdi. Fuqarolar xavfsizligini ta’minlash maqsadida bugun karantinga olingan obyektlarda Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari kun-u tun xizmat faoliyatini olib bormoqda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:538 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:21:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031