• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 6 » Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 22 ta, Janubiy Koreyada esa 2 ta yangi holat aniqlandi
11:23
Xitoyda koronavirusga chalinish bo‘yicha 22 ta, Janubiy Koreyada esa 2 ta yangi holat aniqlandi

Xitoyda o‘tgan bir sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta va kasallik belgisiz o‘tayotgan 20 ta holat aniqlandi, 58 nafar bemor tuzaldi, vafot etganlar qayd etilmadi. Bu haqda Xitoy Sog‘liqni saqlash milliy komissiyasiga tayanib, "RIA Novosti” xabar berdi.

Yangi kasallanish bo‘yicha har ikki holat Shanxayda qayd etilgan bo‘lib, u chetdan yuqtirilgan. Mamlakatda koronavirusni chetdan yuqtirish bo‘yicha jami 1 678 ta holat aniqlangan bo‘lib, ayni paytda bemorlarning 278 nafari davolanmoqda, 5 nafari og‘ir ahvolda.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 83 968 kishi virus yuqtirib olgan, ularning 78 870 nafari sog‘aygan, 4637 nafar bemor vafot etgan.

Janubiy Koreyada esa so‘nggi sutka ichida koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha yana 2 ta holat aniqlandi, 1 kishi vafot etdi.

Koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon mamlakatda 10 806 kishi virus yuqtirib olgan, bemorlarning 9 333 nafari sog‘aygan, 255 nafari vafot etgan. Janubiy Koreyada 5-aprel kuni COVID-19 bilan kasallanish bo‘yicha 2 ta holat aniqlangan bo‘lsa, 30-aprel kuni birorta holat qayd etilmagandi.

Mamlakatda koronavirusni aniqlash bo‘yicha 624 mingdan ortiq test o‘tkazilgan. Koronavirusdan davolanib, kasalxonadan javob berilganidan keyin ham kamida 353 kishi organizmida virus borligi aniqlangan. Avvalroq organizmda antitana borligi infeksiya xavf solmasligini anglatmasligi aniqlangandi. Koronavirusdan tuzalgan odamlar qayta kasallanishdan himoyalanganliklarini isbotlovchi dalillar yo‘qligi haqida JSST ham ogohlantirgandi.

Janubiy Koreya 6-maydan boshlab faqat ehtiyotkorlik va profilaktika choralariga rioya qilishni ko‘zda tutuvchi "kundalik hayotdagi karantin” rejimiga o‘tdi. Maktab va jamoat muassasalari kichik tuzatishlar bilan odatiy faoliyatiga qaytmoqda. Ammo fuqarolar virus yuqishining oldini olish uchun masofa saqlash, qo‘llarni dezinfeksiyalash, niqob taqish kabi asosiy profilaktik choralarga rioya etishlari lozim.

Koronavirus bilan bog‘liq epidemiologik vaziyatning eng yuqori "qizil” darajasi o‘z kuchida qoladi, ammo uni kamaytirish masalasi sharoit o‘zgarishiga qarab ko‘rib chiqilishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:488 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:19
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь