• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 10 » Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etildi
16:36
Xitoyda bir sutkada koronavirusga chalinish bo‘yicha 42 ta yangi holat qayd etildi

Xitoyda so‘nggi bir sutkada 42 kishida koronavirus aniqlandi, bir kishi kasallikdan vafot etdi. Bu haqda "RIA Novosti” xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, qayd etilgan 42 ta holatning 38 tasi xorijdan qaytgan kishilarda aniqlangan, 4 kishi esa virusni mamlakatning o‘zida yuqtirib olgan.

Shu paytgacha Xitoyda xorijdan kelgan 1141 kishida koronavirus aniqlangan. Ulardan 733 kishi ayni paytda kasallik bilan kurashmoqda, 34 kishi og‘ir ahvolda, 408 kishi esa tuzalgan. Xitoyda koronavirusni xorijdan yuqtirib kelgan birorta ham bemor vafot etmagan. Mamlakatda bir sutka ichida 85 kishi kasallikdan tuzalib, kasalxonadan chiqqan.

Xitoyning Sog‘liqni saqlash masalalari bo‘yicha davlat qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda koronavirusga chalinganlar soni 81907 kishini tashkil etmoqda. Ayni paytda 1116 kishi kasallikni boshidan o‘tkazmoqda, ularning 144 nafari og‘ir ahvolda. Kasallanganlarning 77455 nafari tuzalishga muvaffaq bo‘lgan, 3336 kishi vafot etgan.

Xitoy rasmiylari 1-apreldan boshlab kasallik alomatlarsiz o‘tayotgan holatlar haqida xabar berishni boshladi. So‘nggi bir sutkada ana shunday holatlardan 47 tasi qayd etilgan, ulardan 14 nafari xorijdan kelganlari orasida aniqlangan. O‘tgan sutkada ana shunday kishilardan 40 nafari karantindan chiqarilgan. Ularda o‘tkazilgan test koronavirus borligini ko‘rsatgan, biroq kasallikka xos hech qanday belgilar kuzatilmagan. Ayni paytda kasallik belgilari namoyon bo‘lmayotgan 1097 kishi tibbiy kuzatuvga olingan.

Epidemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xubey provinsiyasida so‘nggi bir sutkada birorta ham yangi holat qayd etilmagan. Uxan shahrida esa 49 kishi tuzalib, kasalxonadan chiqqan, bir kishi vafot etgan.

Bir kun avval Xitoyda bir sutka ichida koronavirusga chalinish bo‘yicha 63 ta yangi holat qayd etilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:549 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:35
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь