• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 17 » Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi: vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi
12:45
Xitoy Uxandagi koronavirus qurbonlari soniga aniqlik kiritdi: vafot etganlar soni 1290 kishiga ko‘p bo‘lib chiqdi

Xitoyning Uxan shahri hukumati koronavirus infeksiyasidan vafot etganlar soni to‘g‘risidagi ma’lumotlarga aniqlik kiritdi. Ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar soni 1290 kishiga ko‘payib, 3869 kishiga yetgan, deb yozadi AP.

Ta’kidlanishicha, qayta hisoblash ishlari epidemiyaning dastlabki bosqichida tibbiyot muassasalari bemorlar oqimini eplay olmay, tegishli idoralarga o‘z vaqtida hisobot bera olmagani sabab amalga oshirilgan. Xususan, dastlabki statistikaga koronavirus infeksiyasi oqibatida uy sharoitida vafot etish bo‘yicha ayrim holatlar kiritilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Uxan 2019-yilning oxirida koronavirus infeksiyasi tarqalgan shahar hisoblanadi. Shahar ikki oy davomida karantinga yopilib, unga kirish va chiqish butunlay to‘xtatilgan edi.

Uxandagi ma’lumotlarga aniqlik kiritilguniga qadar Xitoyda COVID-19 qurbonlari soni 3346 kishiga yetgan edi. Butun mamlakat bo‘ylab 83,4 mingdan ortiq odam infeksiya bilan kasallangan bo‘lib, ularning 78,4 ming nafari davolanishga muvaffaq bo‘lgan.

Avvalroq AQSh razvedkasi Uxanda tarqalgan koronavirusning halokatli bo‘lishi haqida hukumatni noyabr oyidayoq ogohlantirgani ma’lum bo‘lgandi.

Mart oyining oxirlarida pandemiya o‘chog‘i bo‘lgan Xitoy esa o‘z hududida koronavirus tarqalishini to‘xtatdi, mamlakatda avtomobil sanoati yana oyoqqa turib, ishlab chiqarishni qayta yo‘lga qo‘ydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:552 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь