• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 16
Гостей: 16
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 6 » Xitoy koronavirus sababli mamlakat bilan savdo va safarni cheklagan davlatlardan norozi bo‘ldi
20:05
Xitoy koronavirus sababli mamlakat bilan savdo va safarni cheklagan davlatlardan norozi bo‘ldi

Xitoy koronavirus tarqalishi sababli mamlakatga nisbatan keskin cheklov choralarini ko‘rgan davlatlarga nisbatan noroziligini bildirdi. "RIA Novosti”ning yozishicha, bu haqda Xitoy Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Xua Chunin 6-fevral, payshanba kuni, o‘tkazilgan onlayn-brifingda ma’lum qilgan.

"Koronavirusning yangi turi tufayli kelib chiqqan pnevmoniya tarqalgandan so‘ng Xitoy kasallik keng tarqalishining oldini olish va nazorat qilish uchun eng keng qamrovli va qat’iy choralarni ko‘rdi va bu harakatlar hozirda ijobiy natijalarni bermoqda”, — degan TIV vakili.

U Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti Xitoy hukumati tomonidan kasallik tarqalishining oldini olish bo‘yicha ko‘rayotgan choralarini yuqori baholaganini va Xitoyga safar va savdo-sotiqni cheklashni tavsiya etmasligini bir necha bor ta’kidlaganini aytgan.

Qator davlatlar keskin choralar ko‘rganidan so‘ng Xalqaro fuqaro aviatsiyasi tashkiloti (XFAT) ham mamlakatlarni JSST tavsiyalariga rioya qilishga chaqirgan.

"Biz JSST va XFATning professional tavsiyalarini inkor etgan tegishli davlatlarga norozilik bildiramiz”, — deb ta’kidlagan Xua Chunin. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu davlatlarning harakatlari nafaqat kasallik tarqalishining oldini olishda yordam bermaydi, balki jamiyatda sun’iy ravishda vahima keltirib chiqaradi. Bu esa normal xalqaro almashinuv va hamkorlik uchun jiddiy to‘siq bo‘lib qoladi.

Avvalroq Xitoy TIV vakili AQShni koronavirus to‘g‘risida ataylabdan vahima tarqatishda ayblagandi. Xua Chuninning so‘zlariga ko‘ra, AQSh konsullik xodimlarini Uxandan birinchi bo‘lib evakuatsiya qildi, birinchi bo‘lib elchixona xodimlarining bir qismini Xitoydan olib chiqish istagini bildirdi hamda JSST tavsiyalariga zid ravishda barcha Xitoy fuqarolarini AQShga kirishni to‘liq taqiqlashini e’lon qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:527 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829