• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 25 » Xitoy hukumati Kim Chen Inning sog‘lig‘i sabab KDXRga shifokorlar yuborgani ma’lum qilindi
14:29
Xitoy hukumati Kim Chen Inning sog‘lig‘i sabab KDXRga shifokorlar yuborgani ma’lum qilindi

Xitoy hukumati sog‘lig‘ida muammo bo‘lishi mumkin bo‘lgan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish uchun Pxenyanga tibbiyot mutaxassislari ham bo‘lgan maxsus delegatsiya yubordi. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shimoliy Koreyaning Daily NK nashri Kim Chen Inda 12-aprel kuni yurak-qon tomir tizimiga bog‘liq jarrohlik amaliyoti o‘tkazilgani, hozirda KXDR yetakchisi sog‘lig‘ini qayta tiklayotganini ma’lum qilgandi.

Reuters’ga ko‘ra ushbu delegatsiyaga Xitoy Kommunistik partiyasi (XKP) Tashqi aloqalar bo‘limining yuqori lavozimdagi amaldori rahbarlik qilmoqda. Ular Pekindan KXDRga 23-aprel kuni jo‘nab ketgan.

Biroq XKP Markaziy qo‘mitasi xalqaro aloqalar bo‘limi va Xitoy Tashqi ishlar vazirligi ushbu tashrif hamda Shimoliy Koreya yetakchisi sog‘lig‘i yomonlashgani haqidagi mish-mishlarga hozircha hech qanday izoh bermagan.

Avvalroq CNN telekanali AQSh KXDR yetakchisi Kim Chen Inning sog‘lig‘i jarrohlik amaliyotidan so‘ng yomonlashgani to‘g‘risidagi razvedka ma’lumotlarini o‘rganayotganini ma’lum qilgandi. Prezident Donald Tramp esa Kim Chen Inning sog‘lig‘i yomonlashgani to‘g‘risidagi xabarlarga javob berar ekan, CNN’ga unchalik ishonmasligini bildirgan.

Ma’lumotlariga ko‘ra, Shimoliy Koreyada 2019-yildan buyon hokimiyatni topshirish uchun favqulodda reja tayyorlanmoqda. Mamlakat tepasiga amaldagi rahbar Kim Chen Inning o‘rniga uning singlisi Kim Yo Chjon kelishi mumkin.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь