• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2016 » May » 28 » WP Kim Chen Inning 18 yildan buyon Nyu-Yorkda yashab kelayotgan xolasi haqida gapirib berdi
08:45
WP Kim Chen Inning 18 yildan buyon Nyu-Yorkda yashab kelayotgan xolasi haqida gapirib berdi

Ko Yon Sok ismli 60 yoshli asli Shimoliy Koreyadan bo‘lgan ayol 1998-yildan buyon eri Ri Kan bilan birgalikda Nyu-Yorkda AQSh Markaziy razvedka boshqarmasi guvohlarni himoya qilish dasturi asosida boshqa ismlar ostida yashab kelmoqda. Bu haqda, The Washington Post gazetasida chop etilgan materialga asoslanib, TJournal xabar bermoqda.Keksa koreyaliklar juftligi bilan gazetaning Tokiodagi idorasi boshlig‘i Anna Fayfild 2015-yil oxirida tanishgan edi. Ular Janubiy Koreyaning uch mansabdorini sudga berib, o‘z shaxsini oshkor qilib qo‘ygandi. Mansabdorlar televideniye orqali chiqish qilib, KXDRni tanqid ostiga olgan, shuningdek, Ko Yon Sok va uning eri — sobiq diplomatni tilga olgan edi.

Fayfild ularning advokati bilan bog‘lanib, u orqali juftlik bilan tanishdi. Jurnalist er-xotin boshqaradigan kimyoviy tozalash muassasida va ularning uyida bo‘lib, televizor orqali ayolning jiyani — Kim Chen In nazorati ostida suv osti kemasidan raketa uchirilishi haqidagi lavhani tomosha qildi.

1975-yilda Kim Chen Ir uchinchi marta uylanganida Ko Yon Sokning o‘gay opasi KXDR yetakchisining yangi turmush o‘rtog‘iga aylandi. U 1998-yilda ko‘krak saratonidan davolanish uchun AQShga ko‘chib o‘tdi.

Ko AQShga ko‘chib kelish sabablarini insonparvarlik motivlari bilan tushuntirishga urindi, ammo OAV u Kim Chen Inning ota-onasi vafot etganidan so‘ng kelajagi shubha ostida qolishidan qo‘rqqanini bot-bot takrorladi. 2015-yilda CNN telekanali KXDR yetakchisi ammasi Kim Gyon Xini unga nisbatan tanqidlari bois zaharlagani haqida xabar tarqatdi. 2013-yilda Kim Chen In amakisi Chan Son Txayekni, u ortiq darajada qudratli bo‘lib ketdi, degan sabab bilan qatlga hukm qildi.

Nima bo‘lganda ham, Ko xonim shu kabi ko‘ngilsizliklardan uzoqroq yurish niyatidaligini tasdiqladi. 1998-yilda u eri bilan taksida AQShning Berndagi elchixonasiga borib, siyosiy boshpana so‘radi. Ular AQShning Frankfurt yaqinidagi harbiy bazasiga yetkazilib, bir necha oy davomida so‘roq qilindi. Juftlik AQShga yetib borganidan so‘ng MRB vakillari KXDRga bu haqda xabar berdi.

Ko xonim shu paytga qadar ingliz tilini mukammal o‘rganmadi. AQShga kelganidan so‘ng uning bilim va qobiliyati faqatgina kimyoviy tozalash xizmatida ishga joylashishga yetdi. Vaqt o‘tishi bilan u o‘z xizmatini ochdi va ikki farzandini o‘qitdi. Lekin uning oilasi Shimoliy Koreyadagidek boy yashaydi, deb bo‘lmaydi.

Kim Chen Inning tug‘ilgan yili borasida ixtilofli fikrlar mavjudligi sir emas. Ko xonimning ta’kidlashicha esa, KXDR yetakchisi aniq 1984-yilda tug‘ilgan: u Koning o‘g‘li bilan tengdosh bo‘lgani uchun bu ayolning esida qolib ketgan.

"U bolalagida o‘g‘lim bilan do‘st edi. Men ikkisining tagliklarini almashtirardim”, — eslaydi ayol.

1992-yilda Ko Kim Chen Irning o‘g‘li Kim Chon Chxol bilan Shveysariyaning Bern shahriga ko‘chib keldi. 1996-yilda 12 yoshli Kim Chen In ularga qo‘shildi. U 15 yoshli Chxol va boshqa bolalar bilan Lego o‘ynar, Ko esa ularga g‘amxo‘rlik qilardi.

Ko xonimning eslashicha, Kim Chen Inning fe’l-atvori, uning samolyotlar va kemalarga bo‘lgan qiziqishi bolaligidanoq ko‘zga tashlana boshlagan edi.

"U qiyin bola emasdi, lekin jahli tez va toqatsiz edi. Onasi uni o‘qishga kam e’tibor bergani uchun tergasa, u janjallashmas, lekin boshqa yo‘l bilan e’tirozini bildirar, masalan, ochlik e’lon qilardi”, — eslaydi ayol.

Kim Chen In yoz oylarida KXDRda bo‘lib, bo‘sh vaqtida basketbol o‘ynardi; sekin-asta u basketbol shaydosiga aylanib qoldi. Jumladan, yosh Kim Chen In Maykl Jordanga muxlislik qilar, basketbol to‘pini quchoqlab uxlar edi. 2014-yilda Milliy basketbol uyushmasi yulduzi Dennis Rodman Kim Chen In huzuriga kelib, uni tug‘ilgan kuni bilan tabriklagan va Happy Birtday qo‘shig‘ini kuylab bergan edi. OAVda ko‘p bora yozilganidek, Rodman KXDR yetakchisiga ta’zim qilib, u bilan abadiy do‘st bo‘lib qolishni va’da qilgandi.

Rasman Kim Chen In 2010-yilda mamlakat rahbari deb e’lon qilingan bo‘lsa ham, yetakchilik sari yo‘lni u 1992-yildan boshlagandi. O‘shanda sakkiz yoshli bolakayning tug‘ilgan kuniga generallik formasi sovg‘a qilingan, haqiqiy generallar esa unga ta’zim qilgan edi.

"Odamlarning bunday muomalasidan so‘ng, tabiiyki, u normal inson bo‘lib ulg‘ayishi mumkin emasdi”, — deb hisoblaydi Ko xonim.

Vaqti-vaqti bilan MRB tezkor xodimlari Ko Yon Sok va uning turmush o‘rtog‘iga murojaat qilib, turli fotosuratlardagi odamlarning kimligini aniqlab berishni so‘raydi.

Ta’kidlanishicha, Ko va Ri Kim Chen Inni oshkora tanqid ostiga olmaydi, aksincha, ular nihoyatda ehtiyotkor bo‘lib, jiyanlarini "Marshall Kim Chen In” deb ataydi. Ri hatto KXDR rejimini yoqlashini bildirib, Pxenyanga borish uchun ruxsat olishga harakat qilmoqda. Rining fikricha, u KXDR va AQSh o‘rtasida ko‘prik vazifasini bajarishi mumkin. Lekin Shimoliy Koreya siyosati bo‘yicha ekspert Aleksandr Mansurov uning maqsadlarini "be’mani” deb hisoblamoqda.

The Washington Post nashrining bildirishicha, MRB yuqoridagi ma’lumotlarga izoh berishdan bosh tortgani bois juftlikning gazeta bilan o‘rtoqlashgan ayrim guvohliklarini tasdiqlash mumkin, ayrimlari esa shubha ostida qolmoqda.

Категория: Har-Hil | Просмотров:2116 | Добавил: Admin | Теги: WP Kim Chen Inning 18 yildan buyon | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:00
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2016  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031