• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 7 » Visa butun dunyoda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln dollar ajratadi
20:29
Visa butun dunyoda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash uchun 200 mln dollar ajratadi

Visa to‘lov tizimining jamg‘armasi Visa Foundation butun dunyoda kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha 200 million dollarlik dastur ish boshlaganini ma’lum qildi. Bu mablag‘ning uchdan bir qismi ayol tadbirkorlarga yordam berish uchun sarflanadi. Bu haqda kompaniya saytida xabar berildi.

Dastur dunyo bo‘ylab kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan notijorat tashkilotlarga beriladigan 200 million dollar yordamni o‘z ichiga oladi. Ushbu mablag‘ning qariyb 60 million dollari tadbirkor ayollarni qo‘llab-quvvatlash uchun ajratiladi. Shuningdek, Visa Foundation kichik va mikrobiznesni qo‘llab-quvvatlaydigan investitsion sheriklarga 140 million dollar beradi.

"Mahalliy korxonalar bilan ishlaydigan global kompaniya sifatida biz yordamga ehtiyoj borligini yaxshi tushunamiz. Biz iqtisodiyotning uzoq muddatli tiklanishiga yordam beramiz va iqtisodiy faoliyatni jadallashtirish yo‘llarini izlashda davom etamiz”, — dedi Visa’ning bosh direktor va raisi El Kelli.

Visa’ning bayonotida ta’kidlanishicha, kichik va mikrobiznes global iqtisodiyotning asosi hisoblanadi. Ular dunyo bo‘ylab korxonalarning 90 foizdan ortig‘ini va global bandlikning 50-60 foizini tashkil etadi.

Avvalroq ba’zi G‘arb mamlakatlari hukumatlari kichik biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha keng ko‘lamli chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lum qilgan. AQSh hukumati koronavirus sababli faoliyati to‘xtagan tadbirkorlarni qo‘llab-quvvatlash uchun 350 milliard dollar ajratishga qaror qildi va prezident Donald Tramp agar mablag‘ yetmasa, yana ko‘proq berishga tayyorligini aytdi. Buyuk Britaniya hukumati kompaniyalarning ish haqi bo‘yicha xarajatlarining 80 foizini, Daniya hukumati esa 90 foizini qoplaydi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:510 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь