• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 20 » Virusologiya ilmiy tekshirish institutida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashayotgan o‘zbek shifokorlar
23:26
Virusologiya ilmiy tekshirish institutida COVID-19 koronavirusiga qarshi kurashayotgan o‘zbek shifokorlar

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev koronavirusga chalingan bemorlarga tun-u kun xizmat ko‘rsatayotgan Respublika Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasi bosh vrachi, tibbiyot fanlari doktori, Muhayyo Asilova (markazda) va uning ahil jamoasi suratini e’lon qildi.

"Azaldan xalqimiz tomonidan insonlarga shifo ulashguvchilar qadrlanib kelingan. Negaki, salomatlik eng qutlug‘ ne’matdir. Ana shu ulug‘ ne’matni asrashdek sharafli kasbni tanlagan shifokorlarimizning zimmasida katta mas’uliyat bor. Shunday sharafli vazifani o‘z qasamyodiga sodiq qolgan holda bajarib kelayotgan tibbiyot xodimlarining har bir kuni qahramonlik.

Koronavirus infeksiyasi dunyoga tahdid solib turgan bir paytda tibbiyot xodimlari zimmasidagi mas’uliyat yanada oshishi bilan birga, ular faoliyatining har kuni, kerak bo‘lsa, har daqiqasi qahramonlik ekanligi yaqqol namoyon bo‘lmoqda. Ayni vaziyatdan kelib chiqib, koronavirus infeksiyasiga chalingan yoki gumon qilinganlarga birinchi bo‘lib, tibbiyot xodimlari ro‘baro‘ kelishadi. O‘z kasbiga sodiq qolgan holda, bemorlarni tibbiy kuzatuvga olib, zudlik bilan davolash choralarini ko‘radilar.

Mana shunday fidoyilik va qahramonlikka dunyo xalqlari qatori, vatandoshlarimiz ham guvoh bo‘lishmoqda va e’tirof etishmoqda. Kechadan buyon shifokorlarimiz tomonidan uyushtirilayotgan ‘Men siz uchun ishda qoldim, siz men uchun uyda qoling!’ chellenji aholining mehri va e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Ushbu chellenjga ko‘plab munosabatlar bildirilmoqda.

Jumladan, ‘Aslida har kim ham shifokor bo‘lolmaydi, har kim ham mana shunday murakkab vaziyatda sadoqatini namoyon qilolmaydi. Lekin xonadonidan eng mas’uliyatli nuqta tomon yo‘l olayotganida, uni ming xavotir bilan kuzatib qo‘yayotgan rafiqasiga, turmush o‘rtog‘iga, mehribon onasi, otasi, ko‘zlari mo‘ltirab turgan o‘g‘li yo qiziga: ‘Hali hammasi yaxshi bo‘ladi...’, deya kulib taskin bergan, ish joyida mijja qoqmay xizmat qilayotgan shu shifokorlar chin fidoyi insonlardir. Ular haqiqiy qahramonlardir’ kabi iliq munosabatlar shifokorlarning faoliyatiga berilgan haqiqiy baho.

Shu o‘rinda aholi tomonidan bildirilayotgan ijobiy fikrlar tibbiyot xodimlari uchun ulkan mukofot ekanini alohida qayd etish zarur. Bundan tashqari, saxovatpesha insonlar tomonidan aholi o‘rtasida gigiyena vositalarining xayriya sifatida ulashilayotgani, shuningdek, koronavirus infeksiyasining tarqalib ketishiga qarshi matonat bilan kurashayotgan jonkuyar tibbiyot xodimlarini qo‘llab-quvvatlash tashabbuslari bilan chiqayotgani quvonarli. Bu azaldan yurtga kulfat kelganda xalqimizning bir yoqadan bosh chiqarib, birlashishga qodir ekanining yana bir yorqin dalilidir.

Eng muhimi, shifokorlarimizning tavsiyalariga qat’iy amal qilgan holda, imkon qadar ko‘chaga chiqmasdan gigiyena qoidalariga amal qilsangiz, tibbiyot xodimlariga eng katta ko‘makni bergan bo‘lasiz. Birdamligimiz esa dunyoni larza solayotgan ofat ustidan g‘olib bo‘lishimizda hal qiluvchi rol o‘ynashi shubhasiz”, — deyiladi Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati rahbari o‘z Telegram kanalida yozgan postda.

Avval O‘zbekistonda 21-martdan choyxona va oshxonalar yopilishi, 23-martdan to‘ylarning o‘tkazilishi bekor qilinishi, koronavirusga chalingan ilk bemorlar sog‘aya boshlagani hamda Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qilgani haqida xabarlar berilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:563 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:43
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031