• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 21 » Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari
17:24
Villian, Mertens, Kavani. 2020-yil yozida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan futbol yulduzlari

Zamonaviy futbolda aqlbovar qilmas pullar aylanmoqda: transferlar, maoshlar, chiptalar, homiylik kelishuvlari. Go‘yo hozirgi futbol dunyosida nimanidir o‘z bahosida sotib olish imkonsiz ishga aylanib borayotgandek. Agar klublar iqtisod qilishni xohlasa, tez orada erkin agentga aylanadigan futbolchilarni "ovlash”ga harakat qiladi. 2020-yil yozida ham bir qator yulduz futbolchilar shunday holatga tushishi kutilmoqda. Quyida yozgi transferlar vaqtida tekinga qo‘lga kiritsa bo‘ladigan 10 nafar futbol yulduzi haqida gap ketadi.

Villian — "Chelsi”

London klubiga Frenk Lempard kelishi bilan Villian o‘zining eng yaxshi sport formasini qaytarishga erishdi. 31 yoshli futbolchi "aristokratlar”ning ayni damdagi yetakchilaridan biri va u hatto sardorlik bog‘ichi bilan maydonga tushmoqda. Uning hozirgi yoshini hisobga olib, "Chelsi”ning Villianga yangi shartnoma taklif qilishga shoshmayotganligini tushunish mumkin. Braziliyalik futbolchining xizmatlariga esa grand klublardan qiziqishlar bor. Masalan, "Barselona” va "Yuventus” Villianni o‘z safida ko‘rishga qarshi emas. Uning Londonda qolish ehtimoli ham bor, biroq ketadigan bo‘lsa, Kallum Hadson-Odoi va Kristian Pulishich kabi futbolchilar uning o‘rnini egallashga tayyor turibdi.

Rayan Freyzer — "Bornmut”


APLda kuchli oltilikdan tashqaridagi klublar futbolchilari orasida "Bornmut” vingeri alohida o‘rin tutadi. So‘nggi ikki omadli mavsumdan so‘ng Freyzer "Bornmut” asosiy tarkibida kamdan-kam ko‘rinish beradigan bo‘lib qoldi. Uning yangi jamoaga ko‘chib o‘tishi esa avvalosi o‘ziga foyda bo‘lishi mumkin. Rayanning xizmatlariga esa tezkor futbolchilarni xush ko‘radigan "Arsenal”dan jiddiy qiziqish bor. Shunday futbolchini tekinga qo‘lga kiritish esa London klubi uchun ham foydali bo‘lardi, albatta. Ushbu haftada esa "Manchester Yunayted”ning ham Freyzerni o‘z safiga qo‘shib olishga qiziqib qolganligi haqida xabarlar paydo bo‘ldi.

Toma Menye — PSJ


Belgiyalik 28 yoshli himoyachi PSJning asosiy yulduzlari qatorida bo‘lmasligi mumkin, ammo u Tuxel jamoasi o‘yinida muhim o‘rin tutayotgani bor gap. Shu bilan birga u PSJni tez orada tark etishini barchaga ma’lum qilib ulgurgan. Muammo shundaki, futbolchining oldida tanlov imkoniyatlari ko‘p: Menyening xizmatlariga "Yuventus” va APLning ko‘plab klublari jiddiy qiziqish bildirmoqda. Yanvardagi transferlar vaqtida esa Eshli Yangni "Inter”ga berib yuborgan "Manchester Yunayted” Menyeni o‘z safida ko‘rmoqchi ekanligi haqida xabarlar yuzaga chiqdi.

Dris Mertens — "Napoli”

So‘zsiz eng talabgori ko‘p bo‘lgan — 2020-yil yozida erkin agentga aylanadigan futbolchilardan biri Dris Mertensdir. Belgiyalik futbolchi "Napoli”dan ketishga tayyor. Faqat hozircha qayergaligi noma’lum. Neapolda u haqiqiy afsonaga aylandi. Uning klubdagi eng yaxshi mavsumi esa 2017-yilga to‘g‘ri keladi. O‘sha mavsum Dris "Napoli” safida 46 ta o‘yinda 34 ta gol urdi. Mertens biroz vaqt muqaddam Neapol klubi safida 115 ta gol urgan Diyego Maradona rekordini yangiladi. Uning xizmatlariga Xitoy Superligasi klubi vakillari, "Atletiko”, "Inter”, "Milan”, "Yuventus” va "Chelsi” klublaridan qiziqish bor.

Edinson Kavani — PSJ
Kadr ortida qolib ketishdan charchagan Edinson Kavani PSJdan ketish istagida ekanligini ma’lum qildi. Hamma Kavanining klubdan qishdayoq ketishini kutdi. Biroq PSJ futbolchini olib qolishga erishdi. Fakt shuki, klub unga yangi shartnoma taklif qilgani yo‘q, yozda Kavani erkin agentga aylanadi. Uning xizmatlariga esa "Atletiko”ning jiddiy qiziqayotganligi aytildi. Futbolchini o‘z safiga qo‘shib olish uchun navbatda esa "Napoli” (sobiq jamoasi), "Chelsi” va "Manchester Yunayted” klublari turibdi.

Nemanya Matich — "Manchester Yunayted”

Futbol muxlislari Nemanya Matichning qishki transferlar vaqtida "Old Trafford”ni tark etib, ko‘pchilik qatori (Lukaku, Sanches, Yang) "Inter”ga borib qo‘shilishini kutgandi. Biroq Skot Maktomineyning kutilmagan jarohati Matichni "Yunayted” yarim himoyasiga qaytardi. Hozircha u o‘z ishini yaxshi uddalamoqda. Ammo qishki transferlar vaqtida xarid qilingan Brunu Fernandesh va tobora o‘yini ochilib borayotgan Fred sabab Matichning klubda qolishi hamon so‘roq ostida. Kamiga 2020-yil yozida u ham erkin agentga aylanadi. Klub ham unga yangi shartnoma taklif qilishi amri mahol.

Mario Gyotse — "Borussiya Dortmund”

2014-yilgi mundial qahramoni Mario Gyotse "nemis Messi”siga aylana olmadi. Faoliyatida o‘xshagan ishlaridan o‘xshamaganlari ko‘payib ketdi. 2013-yilda Dortmunddan "Bavariya”ga yo‘l oldi. Keyin esa yana "Borussiya”ga qaytdi. Shuncha voqealarga qaramay, Gyotse endigina 27 yoshda. Gap-so‘zlarga ko‘ra, Mario "qayta tug‘ilish”ga hozirlik ko‘rmoqda. U sobiq ustozi Yurgen Klopp boshchilik qilayotgan "Liverpul”da paydo bo‘lishi mumkin.

Xose Kalyexon — "Napoli”

"Real” tarbiyalanuvchisi "Napoli”da baribir ham asosiy yulduzga aylana olmadi. Ammo uning Neapol klubi safidagi yetti mavsumda 79 ta gol urishi unga bo‘lgan hurmatni yanada oshiradi. Nima bo‘lgan taqdirda ham Kalyexondek futbolchining erkin agentga aylanishi ko‘plab klublarni harakat qilishga undashi aniq. 32 yoshli Xose — hujumning ikkala qanotida ham harakat qila oladigan universal futbolchi. Katta ehtimol bilan futbolchi Ispaniyaga qaytadi. Uning xizmatlariga esa "Espanyol”dan qiziqish bor. Shuningdek, Karlo Anchelotti Kalyexonni "Everton”ga taklif qilishi kutilmoqda.

Yan Vertongen — "Tottenhem”

"Tottenhem” jamoadan ketishi kutilgan Tobi Alderveyreldni o‘z safida olib qolishga muyassar bo‘ldi. Endi bu ishni Vertongen bilan ham qila olishiga ishonmoqda. Ammo hozirdan bir narsani aytish mushkul. Yan 32 yoshda, shunga qaramay u hamon APLning eng ishonchli va barqaror himoyachilaridan biri. Turli gap-so‘zlarga qaramay, futbolchining agenti Yanning "shporlar” bilan yangi bosqichga chiqa olishiga ishonmoqda. Uning xizmatlariga "Inter”, "Napoli” va "Ayaks” klublaridan qiziqish mavjud.

Blez Matyuidi — "Ayaks”

"Yuventus” o‘tgan yozda Aaron Remzi va Adriyen Rabio bilan shartnoma imzolab, Blezning klubdan ketishiga ko‘pchilikni deyarli ishontirib qo‘ygandi. Biroq u qishda ham klubdan ketmadi. 2020-yil yozida Matyuidi erkin agentga aylanadi. "Yuventus” esa futbolchilarni tekinga qo‘lga kiritish bo‘yicha haqiqiy mutaxassis hisoblanadi. Insayderlar ma’lumotlariga ko‘ra, Turin klubi Matyuidi bilan shartnomani uzaytirib, keyin uni sotib yuborishi mumkin. Boshqa ma’lumotlarga ko‘ra esa "Yuventus” Matyuidiga o‘rinbosar ham topib qo‘ygan: "Real” vakili — Kazemiro.
Категория: Har-Hil | Просмотров:547 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829