• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 2 » Vazir o‘rinbosari: Sardobadagi avariya suv to‘lqinining loyihaviy rejadan ortiq bo‘lishi oqibatida kelib chiqqan. Bu texnogen hodisa
17:59
Vazir o‘rinbosari: Sardobadagi avariya suv to‘lqinining loyihaviy rejadan ortiq bo‘lishi oqibatida kelib chiqqan. Bu texnogen hodisa

Sardoba suv omborida 1-may kuni tong soat 5:55 da yuz bergan avariya holati — texnogen hodisa. Bu haqda O‘zbekiston suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari Vohidjon Ahmadjonov "Xabar.uz” nashriga bergan intervyusida ta’kidlab o‘tdi.

Ahmadjonovning ta’kidlashicha, vazirlik huzurida "Davsuvxo‘jaliknazorat” inspeksiyasi mavjud, bu tashkilot O‘zbekistonda mavjud barcha yirik suv inshootlarining texnik holatini tekshirib turish vazifasini bajaradi.

"Agar suv omborlarida biror kamchilik aniqlansa, tegishli tashkilotlarga ma’lum qilinadi. Inspeksiya qoshida diagnostika markazi bor, u yirik suv inshootlarini har besh yilda tekshirib, xavfsizlik deklaratsiyasi qabul qiladi”, — dedi u.

Avvalroq Sardoba suv omboridagi avariyaga, mutaxassislar fikricha, kuchli yomg‘ir va shamol sabab bo‘lganini ma’lum qilingan edi (aynan qaysi mutaxassislar shunday xulosaga kelgani aytilmagan). Suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari ham bu fikrni ma’qulladi.

"Sardobadagi hodisa, mutaxassislar aytganidek, kuchli yomg‘ir va shamol natijasida vujudga kelgan to‘lqin loyihaviy rejadan ortiq bo‘lishi natijasida kelib chiqqan. Bu texnogen hodisa deyiladi”, — dedi Vohidjon Ahmadjonov.

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni tongda Sardoba suv ombori to‘g‘oni piketlaridan birining yorilib ketishi oqibatida suv toshqini yuz bergan; 2-may tongi holatiga ko‘ra 70 mingga yaqin aholi xavfsiz hududga ko‘chirilgan, kamida 56 kishi turli tan jarohatlari bilan kasalxonalarga yotqizilgan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda Sirdaryo viloyatida bo‘lib turibdi; davlat rahbari "sharoit yaxshilanmagunicha birorta rahbar hech qayerga ketmasligi”ni ta’kidlagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:573 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:07:59
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь