• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 19 » Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo'lmasligini bildirdi
09:39
Uzbekistan Airways bekor qilingan reyslar uchun chiptalarni topshirishda jarimalar va sanksiyalar bo'lmasligini bildirdi

Uzbekistan Airways aviakompaniyasi aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida yo‘lovchilarga murojaat yo‘lladi.

"Ayni paytda bizga aviachiptalarni topshirish va qayta bronlash masalasida ko‘plab murojaatlar va so‘rovlar kelib tushmoqda. Bizning xodimlarimiz ularning barchasini tezda hal qilish uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilishmoqda.

Bekor qilingan qatnovlarga bo‘lgan chiptalarni topshirish yoki cheklovlar bekor qilinganidan keyin amalga oshiriladigan aviakompaniyamizning qatnovlariga qaytadan bron qilishni istagan barcha yo‘lovchilar buni jarimalar va sanksiyalarsiz amalga oshirishlari mumkin bo‘ladi.

Biz aviakompaniyamizga bo‘lgan ishonchingizni juda yuqori baholaymiz, shuning uchun eng samarali yechimlarni topish uchun qo‘limizdan kelganini qilmoqdamiz. Sizning tushunishingiz, o‘zaro hurmat va qo‘llab-quvvatlashingizga umid qilamiz”, — deyiladi xabarda.

Joriy o‘zgarishlar va yangiliklar haqidagi barcha ma‘lumotlarni uzairways.com sayti hamda ijtimoiy tarmoqlarda rasmiy sahifalari orqali kuzatish mumkin.

Avvalroq O‘zbekistonda ichki sayohatlar va ommaviy tadbirlar vaqtincha to‘xtatilgani haqida xabar berilgandi. Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda koronavirus sababli zarar ko‘rishi mumkin bo‘lgan sohalarda soliq ta’tillari berilishi rejalashtirilayotganini ma’lum qilgan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston koronavirus avj olgani sababli 1-martdan boshlab Tokio va Rimga bo‘lgan yo‘nalishdagi qatnovlarni vaqtincha to‘xtatgani ma’lum qilingandi. Bundan tashqari, Jidda va Madinaga bo‘lgan aviaqatnovlar hamda Afg‘oniston va Eron bilan ham aviaqatnovlar vaqtinchalik to‘xtatilgan. 14-martdan boshlab esa Uzbekistan Airways Fransiya, Italiya va Britaniya bilan aviaqatnovlarni to‘xtatgani, chet elda qolgan vatandoshlar charter reyslarda qaytarilishi mumkinligi xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:562 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:11
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031