• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 29 » Umrada bo‘lib qaytgan namanganlik ayolning yana besh qarindoshida va uning vafot etgan onasiga qaragan hamshirada koronavirus aniqlandi
15:05
Umrada bo‘lib qaytgan namanganlik ayolning yana besh qarindoshida va uning vafot etgan onasiga qaragan hamshirada koronavirus aniqlandi

O‘zbekistonda 29-mart kuni aniqlangan koronavirusga chalinish bilan bog‘liq 29 ta yangi holatning oltitasi Namangan viloyatida qayd etilgan. Bu haqda Namangan viloyati Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi o‘rinbosari Davlatali Qosimov ma’lum qildi. Viloyatda koronavirusga chalinganlar soni 12 nafarga yetgan.

12-mart kuni Turkiya orqali Umra ziyoratiga borib kelib, uy karantinida nazoratda bo‘lgan Namangan shahrida yashovchi 51 yoshli ayol koronavirus infeksiyasiga chalinganlikda gumon qilinib, 24-mart kuni yuqumli kasalliklar shifoxonasiga karantin kuzatuviga yotqizilgan. Uning koronavirus infeksiyasi bilan zararlangani 26-mart kuni tasdiqlangan.

Infeksiya bu ayoldan uning onasi, singlisi, qizi hamda nevarasiga ham yuqqanligi (ayol Umra ziyoratidan qaytgach, kamida 231 kishi uni ko‘rgani xonadoniga mehmon bo‘lib kelgan), koronavirusga chalingan 72 yoshli onasi 27-mart kuni tongda miokard infarkti oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgan edi (onaxonning janozasida birorta ham qarindoshi qatnashmagan).

29-mart kuni tongda ushbu ayolning karantin kuzatuvida bo‘lgan yana besh nafar qarindoshida — boshqa bir singlisi, singlisining kelini, akasi, akasining rafiqasi, jiyani hamda uning onasiga tibbiy xizmat ko‘rsatib kelgan patronaj hamshirasida — jami olti nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi borligi aniqlandi.

Hozirgi kunda ushbu fuqarolar bilan oilaviy yaqin muloqotda bo‘lganlarning barchasi viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasiga, ikkilamchi muloqotda bo‘lganlar esa maxsus jihozlangan izolyatorlarga joylashtirilgan. Hozirda ularning sog‘ligi malakali mutaxassislar tomonidan nazorat qilib borilmoqda.

"Hurmatli Namangan viloyati aholisi! Viloyat sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi nomidan sizdan uydan chiqmaslikni, koronavirus profilaktikasi bo‘yicha barcha berilayotgan maslahat va talablarga qat’iy amal qilishingizni so‘rab qolamiz. Hayotingiz, oilangiz, farzandlaringiz, nevaralaringiz, ota-onangiz hamda xalqimiz kelajagini xatara qo‘ymang”, — dedi Davlatali Qosimov.

Eslatib o‘tamiz, 29-mart soat 14:00 holatiga O‘zbekistonda 133 kishida koronavirus infeksiyasi aniqlandi, bemorlarning ikki nafari vafot etgan, yetti nafari sog‘aygan. Koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida mamlakatdagi deyarli barcha yirik shaharlar yopilgan, viloyatlararo harakatlanish to‘xtatilgan, 30-martdan boshlab esa maxsus ruxsatnomasi shaxsiy avtomobilda harakatlanish taqiqlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:538 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031