• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 17
Гостей: 17
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 10 » UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi
11:08
UFC 249. Jastin Getji Toni Fergyusonni muddatidan avval taslim qilib, yengil vaznda vaqtinchalik chempionga aylandi

AQShning Florida shtatida Toshkent vaqti bilan 10-may kuni UFC 249 musobaqasi bo‘lib o‘tdi.

Kechaning asosiy jangi Toni Fergyuson (25-4) va Jastin Getji (22-2) o‘rtasida yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempionlik kamari uchun kechdi. Dastlabki ikki raundda kichik ustunlik Jastin tomonida bo‘ldi, biroq Fergyuson ikkinchi raundning so‘nggi soniyalarida raqibini muvozanatdan chiqarishga erishdi. Uchinchi va to‘rtinchi raundlar to‘liq Getji nazoratida o‘tdi. So‘nggi raundda Jastin texnik nokaut evaziga Tonini taslim etdi. Shu tariqa Getji yengil vazn toifasi vaqtinchalik kamari sohibiga aylandi.

Yana bir markaziy jangda mutlaq yengil vazn chempioni Genri Sehudo (16-2) sobiq chempion Dominik Kruzga (22-3) qarshi jang qildi. Ikkinchi raund so‘nggida Kruz tizza zarbasini o‘tkazib yubordi va muvozanatni yo‘qotdi, shundan so‘ng Sehudo zarbalar seriyasi bilan raqibini nokautga uchratdi.

Shu tariqa Genri chempionlik kamarini himoya qila oldi.

Qolgan jang natijalari bilan tanishing:

Frensis Ngannu (15-3) 1-raunda Jairzino Rozenstraykni (10-1) nokautga uchratdi.

Kelvin Kattar (21-4) 2-raundda Jeremi Stivensni (28-18) nokautga uchratdi.

Greg Hardi (6-2) Yorgan De Kastroni (6-1) ochkolar hisobida mag‘lub etdi: 30-27, 30-27, 30-27.

Entoni Pettis (23-10) Donald Serroneni (36-15) ochkolar hisobida mag‘lub etdi: 29-28, 29-28, 29-28.

Aleksey Oleynik (59-13-1) ochkolar hisobida Fabrisio Verdumdan (23-9) ustun keldi: 28-29, 29-28, 29-28.

Karla Esparza (16-6) ochkolar hisobida Mishel Uotersonni (17-8) mag‘lubiyatga uchratdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:488 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:48
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь