• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 3
Гостей: 3
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2014 » Oktyabr » 15 » U-19 Osiyo chempionatida Avstraliyaga qarshi to‘p surgan O‘zbekiston chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
12:55
U-19 Osiyo chempionatida Avstraliyaga qarshi to‘p surgan O‘zbekiston chorak final yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Myanmada 19 yoshlilar o‘rtasidagi Osiyo chempionati guruh uchrashuvlarining 3-tur o‘yinlari o‘z yakuniga yetdi, O‘zbekiston — Avstraliya uchrashuvini har ikki terma jamoa juda ehtiyotkorlik bilan boshladi. Jamoalar butkul hujumga tashlanib, tavakkal qilishni istamadi. O‘zbekiston vakillari pozitsion hujum tashkil qilib, vaziyatni o‘z tomonlariga og‘dirishga intildi. Ammo yakuniy zarbani yo‘llashda ularda bir qator muammolar paydo bo‘ldi. O‘z o‘rnida Avstraliya termasida ham gol kiritish uchun bitta-ikkita qulay vaziyatlar yuzaga keldi.

Ammo bu imkoniyatlarni yaqqol golli vaziyat deb atab bo‘lmaydi. O‘zbekiston himoyachilari va darvozaboni yaxshi harakat qilib, bu hujumlarni bartaraf etib turdi. Ochig‘i, bugungi o‘yinda O‘zbekiston terma jamoasi a’zolarida BAA bilan o‘yinda ko‘zga tashlangan ishtiyoq unchalik ko‘rinmadi. Balki murabbiylar ehtiyotkorlik bilan harakat qilishni talab qilgandir. Nima bo‘lgan taqdirda ham bu taktika birinchi bo‘limda o‘zini oqlamadi. Birinchi bo‘limda O‘zbekiston darvozasi daxlsizligi saqlangan bo‘lsa ham, raqib darvozasi ishg‘ol qilinmadi.

Ikkinchi bo‘limda Avstraliya terma jamoasi 67-daqiqada hisobni ochishga muvaffaq bo‘ldi. 82-daqiqaga kelib, Zabihillo O‘rinboyev gol kiritib, hisobni tenglashtirishga muvaffaq bo‘ldi.Avstraliyalik futbolchilar o‘yin oxirlarida hujumga zo‘r berdi: durang natija ularni qoniqtirmasligi tabiiy edi. Ammo bu vaziyatlarda O‘zbekiston darvozaboni yaxshi harakat qilib, xavfni bartaraf etib turdi. So‘nggi daqiqalar O‘zbekiston uchun ancha tahlikali kechdi. Ammo avstraliyaliklar O‘zbekiston darvozasiga boshqa gol kirita olmadi.Shu tariqa O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan 1:1 hisobida durang o‘ynab, kelasi bosqichga yo‘l oldi. Endi Ravshan Haydarov boshchiligidagi futbolchilar chorak finalda Tailandga qarshi to‘p suradi.

O‘zbekiston — Avstraliya: 1:1

Gollar: Z. O‘rinboyev (82) — Stefan Ingo (67).

O‘zbekiston: Dilshod Hamroyev, Ibrohim Abdullayev, Akromjon Komilov, Javohir Sohibov, Otabek Shukurov, Jamshid Boltaboyev, Doston Hamdamov, Doston Tursunov, Xurshid G‘iyosov, Zabihillo O‘rinboyev, Eldor Shomurodov.

Avstraliya: Jordan Turtell, Shayne Chunna, Daniyel Alessi, Kameron Burgas, Kristofer Gligor, Stefan Mauk, Piter da Silva, Aver Mabil, Jozua Sotirio, Petros Skapetis.
Категория: Futbol Yangiliklari | Просмотров:1791 | Добавил: Admin | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:41
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Oktyabr 2014  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031