• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 2 » Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi
13:04
Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda o‘nlab kishi bedarak yo‘qoldi

Turkmanistonning Lebop viloyatida yuz bergan bo‘ronda ko‘plab odamlar jabrlandi, o‘nlab kishilar bedarak yo‘qoldi. Ular orasida cho‘ponlar, "Turkmangaz” haydovchilari va ishchilari bor, deb xabar bermoqda "Xronika Turkmenistana”. Shuningdek, 100 bosh va undan ko‘proq qo‘ydan iborat bir nechta poda yo‘qolgan.

Tasdiqlanmagan ma’lumotlarga ko‘ra, 20 ga yaqin kishi halok bo‘lgan. Turkmen news manbalarining xabar berishicha, 27 va 28-aprelda Turkmanobodning deyarli har bir tumanida qurbonlar dafn etilgan.

Turkmanobodda jabrlanganlar turli tibbiyot muassasalariga joylashtirilayotgan bo‘lsa, qishloq joylarida ularga, hattoki birinchi yordam ko‘rsatishning imkoni yo‘q. Sovet davridan qolgan feldsher punktlarida na tibbiyot xodimlar bor, na kerakli dori-darmonlar.

Shuningdek, bug‘doy hosili nobud bo‘lgani aytilmoqda. Bu esa kuzda un taqchilligiga olib kelishi, odamlar nonsiz qolishi mumkinligini bildiradi.

Viloyat aholisining ta’kidlashicha, ulardan davlat sug‘urtasi uchun doim pul ushlab qolingan, biroq hozir sug‘urta to‘lovlari haqida hech qanday gap yo‘q. Hududni tiklash uchun aholi oyliklarining bir qismi ushlab qolinishi mumkinligi to‘g‘risida mish-mishlar tarqalgan.

Eslatib o‘tamiz, Turkmanistonning bir qator viloyatlarida 27-aprel kuni kechasi yomg‘ir aralash kuchli shamol yopirilgan, ular orasida Lebop viloyati ko‘proq zarar ko‘rgandi. Hodisa oqibatida Lebop viloyatida aloqa tarmoqlari ishlamay qolgan, mobil telefonlarga qo‘ng‘iroq qilish imkoniyati yo‘qolgan, politsiya tomonidan Mari va Lebop viloyatlarini bog‘lovchi yo‘l yopib qo‘yilgan.

Kuchli shamol O‘zbekistonning Turkmaniston bilan chegaradosh hududlariga ham yetib borgandi. Buxoro, Navoiy, Samarqand va Qashqadaryo viloyatlariga 28-aprelga o‘tar kechasi yopirilgan shamol tezligi soniyasiga 40 metrgacha yetgan. Ular orasida, ayniqsa, Buxoro eng katta talafot ko‘rgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:525 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:17:22
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь