• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1878
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 10 » Turkiyaning media bo‘yicha 10-workshop’i O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda
15:04
Turkiyaning media bo‘yicha 10-workshop’i O‘zbekistonda o‘tkazilmoqda

Turkiya respublikasining televideniye va radio oliy tashkiloti (RTUK) boshchiligida bir guruh media vakillari, kommunikatsiya yo‘nalishi bo‘yicha Turkiyada tahsil oluvchi 35 nafar xorijlik talabalar Toshkent—Buxoro—Samarqand yo‘nalishida "10-Kelajakka eltuvchi rishta” nomli amaliy sayohat (workshop) uchun O‘zbekistonga tashrif buyurdi, deb xabar beradi O‘zA.

Ushbu tadbirning O‘zbekistonda (bungacha, ushbu tadbir Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Moldova, Ruminiya, Turkiyaning Chanoqqal’a, Konya shaharlarida bo‘lib o‘tgan) o‘tkazilishidan ko‘zlangan maqsad, Turkiyaga bakalavrlik, magistratura va doktorlik ilmiy darajalarini olish uchun chet ellardan kelib o‘qiyotgan talabalarga O‘zbekistonning boy madaniy merosini tanishtirish, tarixan uzviy bog‘liqliklari bo‘lgan munosabatlarni bildirish va yangilashdan iboratir.

Ushbu talabalar Turkiyaga Hindiston, Bangladesh, Turkiya, Ozarbayjon, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Moldova, Bosniya va Gersegovina, Serbiya, Bolgariya, Gretsiya kabi 14 ta davlatdan borib o‘qishadi. Ular O‘zbekistonning tarixiy rivojlanish bosqichlari, obidalari, dunyoga dong taratgan buyuk allomalari, diniy ulamolari, hozirgi taraqqiyot ko‘rsatkichlari, sanoati kabi mavzularda o‘zlarining kichik tadqiqotlarini taqdimot ko‘rinishida aks ettiradi. Talabalarning ma’ruzalari to‘plam holida chiqarilishi rejalashtirilgan.

Delagatsiya 7—10-may kunlari Buxoro, Samarqand shaharlarini sayohat qiladi, 11—12-mayda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti markaziy binosida tadbirning ochilish marosimi o‘tkaziladi. Unda talabalar o‘zlari tayyorlab kelgan ma’ruzalari bilan qatnashadi.

"Mazkur tadbirdan kutiladigan eng katta natija O‘zbekiston—Turkiya o‘rtasidagi munosabatlarni qo‘llab-quvvatlash, media sohasida o‘zaro hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, O‘zbekiston davlat jahon tillari universitetida turk tili, xalqaro jurnalistika mutaxassisligi bo‘yicha tahsil olayotgan talabalar uchun tajriba almashishdir”, — deyiladi xabarda.

Workshopning O‘zbekiston turistik salohiyatini dunyoga yoyishdagi ahamiyati shundaki, ushbu tadbir avvalo Turkiya—O‘zbekiston o‘rtasida media sohasida amalga oshirilgan ilk qadamlardan biri bo‘ldi. Bundan tashqari, xorijdan kelgan mehmon talabalar o‘z mamlakatlaridagi OAVda O‘zbekiston haqidagi materiallarni chop etadi.

Категория: Har-Hil | Просмотров:999 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь