• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 22
Гостей: 22
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 2 » Tunda ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisining ahvoli yaxshilandi. Uyiga qaytarildi
11:12
Tunda ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisining ahvoli yaxshilandi. Uyiga qaytarildi

Tunda hojatxonaga chiqib, ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi bilan bog‘liq holat yuzasidan "Daryo” muxbiri Farhod Norbo‘tayev jurnalistik surishtiruv olib bordi.
Samarqand viloyat Xalq ta’limi boshqarmasi tasarrufidagi maktabga aqliy rivojlanishda ortda qolgan, ammo o‘zini boshqara oladigan bolalar qabul qilinadi. Bugungi kunda 293 nafar o‘quvchi tahsil olayotgan maktab internatida 60 nafar tarbiyachi va 9 nafar enaga faoliyat yuritmoqda.

Maktab internat direktori Zarif Husanovning ma’lum qilishicha, ko‘chada qolib ketgan o‘quvchi voqeasi 23-yanvar kuni ertalab sodir bo‘lgan. O‘sha kuni soat 06:00 atrofida maktab-internati tarbiyachisi Shavkat Tuymanov tashqariga chiqqan. Tarbiyachining ortidan 2006-yilda tug‘ilgan Sobitjon Ibrohimov ham chiqqan.

— Men mehnat ta’tilida edim. Voqeani eshitishim bilan kelib, bolaning holidan xabar oldim. Bugungi kunda uning ahvoli yaxshi, — deydi Zarif Husanov. — Ijtimoiy tarmoqlarda voqeani bo‘rttirib yozishgan. Aslida bola haqiqatda 30-40 daqiqacha ko‘chada qolib ketgan. Ijtimoiy tarmoqlarda yozilganidek bir kecha ko‘chada qolib ketmagan. E’tiborsizlik oqibatida bolaning ko‘chada qolib ketishiga sababchi bo‘lgan tarbiyachi va enaga voqea sodir bo‘lgan kundan buyon shifoxonada unga qarayapti.
Maktab internatining vrach-pediatori Gulchehra Abdullayevaning ma’lum qilishicha, Sobitjon Ibrohimov 2015-yilda oligofreniya debillik darajasi nutq nuqsonli tashxisi bilan qabul qilingan. O‘zini-o‘zi boshqara olmaganligi sababli mustaqil harakatlanadigan tengdoshlari bilan birga yuradi. Qolaversa, bolaning gapirishi va eshitishida nuqsoni bor.

— 22-yanvar kuni Sobitjon Ibrohimov o‘qiydigan guruh bolalarini tibbiy tekshiruvdan o‘tkazdim. O‘shanda uning sog‘ligi yaxshi edi. Buni bolaning tibbiy daftariga ham qayd etganman. O‘sha kuni soat 21:00 da hamshiraga ishni topshirib, so‘ng ishdan qaytdim, — deydi Gulchehra Abdullayeva. — Qolaversa, biz bolalar uxlaganidan so‘ng tungi tarbiyachi bilan ularni ko‘zdan kechirib chiqamiz. O‘sha kuni tunda u o‘z joyida yotgan. Shuningdek, sog‘ligida ham hech qanday muammo bo‘lmagan. 23-yanvar kuni holatni eshitganimdan so‘ng shifoxonaga borib bolaning holidan xabar oldim. Shifokorlar uni yaxshi ekanligini bildirishdi.

Maktab-internat direktorining aytishicha, muassasada shifokorlar uchun shtat kamligi bois, direktor va vrachlar kelishgan holda ularning ish vaqtiga o‘zgartirish kiritgan.

— Muassasamizda aqliy rivojlanishda ortda qolgan bolalar tarbiyalanadi. Shu sababli ular shifokor tekshiruvidan o‘tib turish kerak. Ammo bizda shifokorlar uchun ish o‘rni kam. Shu sababli maktab-internatning shifokori bilan kelishgan holda ularning ish vaqtiga o‘zgartirish kiritganmiz, — deydi Zarif Husanov. — Muassasa vrach-pediatori Gulchehra Abdullayeva ertalab soat 08:00 dan 11:00 gacha kelib bolalarning salomatligini ko‘zdan kechiradi. So‘ng uyiga ketib, soat 17:00 da ishga kelib, kech soat 21:00 gacha bolalarni o‘zi nazorat qilib chiqadi. Soat 11:00 dan 17:00 gacha bolalar hamshiralar nazoratida bo‘ladi.

Holat yuzasidan o‘sha kuni maktabda navbatchi bo‘lgan tarbiyachi Shavkat Tuyimov bilan ham suhbatlashdik. Uning ta’kidlashicha, ertalab soat 06:00 atrofida tashqariga chiqqan. Shu vaqtda tarbiyalanuvchi Sobidjon Ibrohimov ham uning orqasidan chiqqan. Bundan bexabar bo‘lgan tarbiyachi o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

— 1990-yildan buyon mazkur muassasada tarbiyachi bo‘lib ishlab kelaman. 30 yillik faoliyatim davomida birinchi bor shunday hola duch kelishim. Buning uchun o‘zimni aybdor ekanligimni tan olgan holda o‘z ixtiyorim bilan arizamni yozdim, deydi Shavkat Tuyimov. — Voqea 23-yanvar kuni tongda sodir bo‘lgan. Bola haqiqatda 30-40 minut oralig‘ida tashqarida qolib ketgan. Shu vaqt mobaynida tarbiyalanuvchida "talvasa sindromi” kuzatilgan. Bolaning ahvolini ko‘rib yotoqxonaga olib kirdik. Muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Fozilova tibbiy tez yordam chaqirdi.

Shavkat Tuyimovning ta’kidlashicha, tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelgunga qadar sovuqda qolgan tarbiyalanuvchiga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida oyog‘ining tag qismiga issiq suv solingan baklashka qo‘yib, issiq pokrival bilan o‘ragan. Ehtiyotsizlik oqibatida qilingan ish natijasida bola oyog‘ining tag qismi  kuyib, pufakcha hosil bo‘lgan. Shu sababli hozircha oyoqqa turgani yo‘q.

Tuman tibbiyot birlashmasi shifokori Hoshimjon Janayev ayni paytda bolaning umumiy ahvoli yaxshi ekanligini, oyoqda yurib harakatlanishi mumkinligini bildirdi. Bir haftada tuzalib, maktabga qaytishi mumkinligini bildirdi.

Sobidjon Ibrohimovning onasi Dilfuza Tilavova bilan suhbat jarayonida u kishi sodir bo‘lgan holat yuzasidan hech kimdan da’vosi yo‘qligini bildirdi.

— Farzandim gemotomo bilan tug‘ilgan, shu sababli uning kasalligini o‘zim yaxshi bilaman. Hozirda bolalar ko‘p tarmoqli shifoxonasi hisobida turadi. Voqea sodir bo‘lganidan so‘ng muassasa xodimlari tezda tibbiy yordam ko‘rsatishgan. O‘sha kundan buyon tarbiyachi va enagasi har kuni o‘g‘limning oldida o‘tiribdi. Ular bo‘lgan ishda o‘zlarini aybdorligini aytishmoqda. Ammo meni hech kimdan da’voyim yo‘q, — deydi Dilfuza Tilavova. — Muhimi, farzandim sog‘ayib ketsa bo‘lgani. Ikki haftada bir uyga olib boraman. Voqea sodir bo‘lgan kuni o‘g‘limni talvasaga tushib qolganiga to‘xtaladigan bo‘lsam, 9 yildan buyon shunday holat bo‘lib keladi. Shu sababli har chorakda emlatib kelaman.

Eslatib o‘tamiz, holat bo‘yicha o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun muassasa tarbiyachisi Sh.Tuyimov va tungi enaga O.Toshbekovalar 202-yil 25-yanvardagi buyruq asosida vazifasidan ozod etilgan.

Xodimlarga nisbatan yetarlicha e’tiborda bo‘lmaganligi sababli muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.Fozilova, bosh tarbiyachi H.Ahrorova va tungi enaga G.Tuvalovalarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Mehnat Kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan "hayfsan” intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:448 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:38
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829