• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 1 » Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Tarbiyachi va enaga ishdan
13:24
Tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolib ketgan Oqdaryodagi internat o‘quvchisi jonlantirish bo‘limiga yotqizildi. Tarbiyachi va enaga ishdan

Samarqand viloyatining Oqdaryo tumanidagi 63-maxsus maktab-internatida tunda hojatxonaga chiqib ko‘chada qolgan internatning 5-sinf o‘quvchisi sovuq urishi tashxisi bilan jonlantirish bo‘limiga yotqizilgani haqida xabarlar tarqaldi va jamoatchilik orasida turli muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Zarnews’ning xabar berishicha, holat Samarqand viloyati xalq ta’limi boshqarmasi, tuman hokimligi va jurnalistlar tomonidan o‘rganildi.

Aniqlanishicha, 23-yanvar kuni tarbiyachi Sh.T. navbatchiligi vaqtida ertalab soat 6:00 larda tashqariga chiqqan. Shu vaqtda tarbiyalanuvchi S.I. ham uning orqasidan tashqariga yo‘l olgan. Bundan xabardor bo‘lmagan holda tarbiyachi Sh.T. o‘z ishi bilan mashg‘ul bo‘lgan.

Shundan so‘ng tarbiyalanuvchi S.I. 30-40 daqiqa oralig‘ida tashqarida qolib ketgan. Shu vaqt mobaynida tarbiyalanuvchida talvasa sindromi kuzatilgan. Muassasa direktorining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari Z.Fozilova tarbiyalanuvchini yotoqxona binosiga olib kirgan va tuman tez tibbiy yordam bo‘limiga qo‘ng‘iroq qilgan.

Tez tibbiy yordam xodimlari yetib kelguniga qadar tarbiyalanuvchi S.I.ga birinchi yordam ko‘rsatish maqsadida oyog‘ining tag qismiga issiq suv solingan yelim idish (baklashka) qo‘yib, issiq mato bilan o‘ragan.

Ehtiyotsizlik oqibatida bolaning oyog‘ining tag qismi kuyib, pufakcha hosil bo‘lgan. Shu sababli hozircha oyoqqa turgani yo‘q. Tuman tibbiyot xodimlari bolaning umumiy ahvoli yaxshi ekanligi, 1 hafta 10 kunda tuzalib, maktabga qaytishi mumkinligini bildirishgan.

Ushbu holat bo‘yicha o‘z xizmat vazifasiga mas’uliyatsizlik bilan yondashganligi uchun muassasa tarbiyachisi Sh.T. va tungi enaga O.T. maktab direktorining 25-yanvardagi buyruqlari bilan ishdan olingan.

Xodimlarga nisbatan yetarlicha e’tiborda bo‘lmaganligi sababli muassasaning ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Z.F., bosh tarbiyachi H.A. va tungi enaga G.T.ga nisbatan Mehnat kodeksining 181-moddasi 1-bandiga asosan hayfsan intizomiy jazo chorasi qo‘llanilgan.

Bolaning onasi bilan o‘tkazilgan suhbatda S.I. 5 yildan buyon ushbu maktabda o‘qiyotganligini, ushbu holat tasodifan bo‘lganligini, maktab rahbariyati va o‘qituvchilariga hech qanday e’tirozi yo‘qligini aytgan.

Категория: Har-Hil | Просмотров:521 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:08:16
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829