• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA NIMALAR KO'PROQ KERAK?
Всего ответов: 1877
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 5
Гостей: 5
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 6 » Tramp AQShda avval kommunistlarni so‘ngra radikallarni mag‘lub etishga va’da berdi
09:52
Tramp AQShda avval kommunistlarni so‘ngra radikallarni mag‘lub etishga va’da berdi

AQSh hukumati mamlakatda tartibsizliklarni yuzaga keltirayotgan radikallar ustidan g‘alaba qozonishni va’da qilmoqda. Bu haqda prezident Donald Tramp Oq uyda AQSh mustaqilligi kuni munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda aytib o‘tgan.

"Biz qahrga to‘la olomonning haykallarimizni oyoqosti qilishiga, tarixning ustidan kulishiga, bolalarimizning ongiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, ozodlikka tahdid qiluvchilarning ushbu harakatlariga qarab tura olmaymiz”, — deya Trampning so‘zlarini keltirgan The New York Times.

AQSh yetakchisining so‘zlariga ko‘ra norozilik bildirayotganlar adolat qaror topishidan manfaatdor emas.

Tramp o‘z nutqi davomida millatchilarni yenggan Amerika qahramonlarini eslab o‘tgan: uning qayd etishicha ular fashistlar va kommunistlarni mag‘lub etgan, Amerika manfaatlarini himoya qilgan, shuningdek, yerning bir burchagiga qochib ketgan qochoqlarni oxirigacha ta’qib qilgan (The Hill nashri keltirgan iqtibos).

Trampning ta’kidlashicha AQSh so‘l radikallar, marksistlar, anarxistlar, targ‘ibotchilar, marodyorlarning va "nima qilayotgani haqida umuman tushunchasi yo‘q odamlarni” tor-mor qilishga yaqin turibdi.

Avval Donald Tramp Janubiy Dakota shtatidagi Rashmor tog‘idagi xotira maydonida nutq so‘zlab AQSh milliy qahramonlar hamda tarixni vayron qilishga qaratilgan shafqatsiz kampaniya guvohiga aylanganini qayd etgandi. Prezidentning aytishicha "so‘l fashizmi” tarafdorlari ushbu yo‘l orqali "Amerika revolyutsiyasini” boshlab AQShdagi tuzumni o‘zgartirishga urinmoqda.

May oyi oxirida AQShda va keyinroq boshqa mamlakatlarda Black Lives Matter ("Qora tanlilarning hayoti ahamiyatga ega”) shiori ostidagi norozilik namoyishlari boshlangan. Ushbu tartibsizliklarga Minneapolisda afroamerikalik Jorj Floydning politsiyachilar tomonidan qiynoqqa solinishi va kasalxonada vafot etishi sabab bo‘lgan. Noroziliklar ko‘plab shaharlarda zo‘ravonlik harakatlari, o‘g‘riliklar, to‘qnashuvlar sodir bo‘lishiga olib keldi, ishtirokchilar quldorlik va rasizmga aloqadorligi gumon qilingan tarixiy shaxslarning haykallari vandallar hujumiga uchradi. Xususan, turli shtatlarda Xristofor Kolumbning bir nechta haykali "boshsiz” qoldirildi.

Shundan keyin Tramp haykallarga nisbatan har qanday vandalizm harakatlarini amalga oshirgan fuqarolarni hibsga olishga ruxsat berdi. Shuningdek, vandallarni uzoq muddatga qamash ko‘zda tutilgan farmonni imzolagan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:423 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:01:53
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031