• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 2 » Toshkentda to‘yiga 3 kun qolgan kuyov nafsi sabab 11 yilga qamalib ketdi
15:32
Toshkentda to‘yiga 3 kun qolgan kuyov nafsi sabab 11 yilga qamalib ketdi

O‘tgan yilning 24 iyul kuni kechasi soat taxminan 3:30larda Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanidagi xonadonlardan biriga uch nafar fuqaro talonchilik maqsadida bostirib kirib, uy egasini o‘ldirish bilan tahdid qilgan. Bu haqda shahar IIBB axborot-multimediya xizmati xabar berdi.
 
Ma'lum bo‘lishicha, tumandagi Buyuk ipak yo‘li ko‘chasi 328-xonadonga uch nafar bosqinchi shaxs yuzlariga niqob taqib, qurollangan holda kirib kelgan va uy egasi Ahmedovaga kuch ishlatib, uni o‘ldirish bilan qo‘rqitgan.
 
Shuningdek, bosqinchilar uy egasining turmush o‘rtog‘i Salayevga nisbatan pnevmatik qurol ishlatgan holda uydagi 3 mln.dan ortiq tovar-moddiy boylikni olib ketishgan.
 
Jinoyatchilar ushu bosqinchilikni puxta amalga oshirgan. Ularning 3 nafari uyga talonchilik uchun kirgan bo‘lsa, 2 nafari tashqarida ularni ogohlantirib turgan. Biroq jinoyatchilar xonadonning chetiga o‘rnatilgan kuzatuv kamerasi borligini hisobga olishmagan.
 
Ushbu ish IIBB xodimlari tomonidan o‘rganilganda gumonlanuvchilar Sultonboyev, Roziqov, Kamoliddinov va I.Izzatullayevlar ekanligi oydinlashdi.
 
Ushbu guruh a'zosi I.Izzatullayev oldin ham muqaddam sudlangani va qamoqdan chiqqaniga 5 oy bo‘lgani achinarlidir. Kamiga uning nikoh to‘yiga atiga uch kun qolganida nafsi tufayli u 11 yil 3 oy muddatga ozodlikdan mahrum qilindi.
 
Jinoiy guruhning qolgan a'zolari ham sud hukmi bilan 10-12 yil muddatga ozodlikdan chetlatildi.
 
Ta'kidlanishicha, ushbu jinoyatchilarning ko‘pchiligi ziyoli oilasidan ekani ta'kidlanmoqda. Ikki nafari esa muqaddam sudlangan bo‘lib chiqdi. Shunday bo‘lsa-da, ularning juda yosh, kuch-quvvatga to‘lgan navqiron paytida bunday yo‘lni tanlashi juda achinarli hol, albatta.
Категория: Har-Hil | Просмотров:1051 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:20:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь