• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1371
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

JohaC2
03012005
Olaqanatlar
Akmalaka
Holdarov
Nuratdin
ismonali1994
2904
Risolat0921
faxriddin
Главная » 2020 » Mart » 29 » Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi o‘rin almashdi. Shifoxonani tark etganlar 14 kunga izolyatsiya qili
16:14
Toshkentda koronavirusga qarshi kurashayotgan shifokorlarning bir guruhi o‘rin almashdi. Shifoxonani tark etganlar 14 kunga izolyatsiya qili

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida ikki hafta davomida koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashgan bir guruh tibbiyot xodimlari 29-mart kuni, sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shodmonov ishtirokida, yuksak ehtirom bilan kuzatildi.

"Endilikda ular o‘rnida tibbiyot xodimlarining navbatdagi guruhi faoliyat boshlashadi. O‘z navbatida, shifoxonani tark etgan tibbiyot xodimlari 14 kun davomida izolyatsiya qilinadi”, — deya xabar bermoqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Prezident Mirziyoyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan O‘zbekiston xalqiga qilgan ikkinchi murojaatida "o‘z hayoti va sog‘ligini garovga qo‘yib, pandemiya bilan kurashayotgan shifokorlar, hamshiralar, sanitar xodimlarga” butun O‘zbekiston nomidan cheksiz minnatdorlik bildirgan edi.

Qayd etish joiz, koronavirusdan zararlangan bemorlar bilan muloqotda bo‘ladigan, bemorlar joylashtirilgan obyektlarda hamda koronavirusni aniqlash laboratoriyalarida faoliyat olib borayotgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga har 14 kunlik faoliyat davri uchun Prezident tomonidan maxsus qo‘shimcha rag‘batlantirish to‘lovi belgilangan.

Unga ko‘ra, vrach xodimlarga, vrach-laborantlarga — 25 million so‘m; o‘rta tibbiyot xodimlariga, hamshira-laborantlarga — 15 million so‘m; kichik tibbiyot xodimlariga — 10 million so‘m; boshqa xodimlarga — 5 million so‘m. Shuningdek, bemorlar bilan ishlash davomida koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga 100 million so‘m to‘lanadi.

Shuningdek, koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish doirasida bemorlar bilan ishlagan vaqtida koronavirus infeksiyasini yuqtirish natijasida og‘ir ahvolga tushgan va sog‘lig‘i tiklanmagan taqdirda tibbiyot, sanitariya-epidemiologiya xizmati va boshqa xodimlarga yoki ularning oila a’zolariga esa 250 million so‘m miqdorida bir martalik to‘lovlar to‘lanadi.

Ma’lumot uchun, 29-mart Toshkent vaqti bilan soat 16:00 holatiga O‘zbekistonda 133 kishida koronavirus aniqlangan, ularning ikki nafari vafot etgan, yetti nafari sog‘aygan. Avvalroq kasallanganlarning kamida 11 nafari Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti xodimlari ekani aytilgan edi. Qayd etish joiz, O‘zbekistonda koronavirus aniqlangan birinchi bemor va kasallikning ikkinchi qurboni shifokor edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:652 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:13
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
Пн Вт Ср Чт Пт Сб Вс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031