• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 6
Гостей: 6
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 30 » Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi
12:17
Toshkentda karantinga qaramay kuyov-navkar o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Karantin e’lon qilinganiga qaramay Toshkentning Yunusobod tumanida kuyov-navkar marosimini o‘tkazgan kelinning otasiga jinoiy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV YHXBB axborot xizmati ma’lum qildi.

Toshkentning Yunusobod tumani Markaz-4 dahasida 28-mart kuni an’anaviy to‘yning tarkibiy qismi hisoblangan kuyov-navkar marosimi o‘tkazilayotgani haqida ijtimoiy tarmoqlarda videoxabarlar tarqalgan edi.

Voqea joyiga profilaktika inspektorlari borib, marosimda ishtirok etuvchilarning barchasini IIBga olib kelgandi. Kelinning otasi bir kun avval profilaktika inspektori va mahalla raisi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 176-son qarori bilan tanishtirilib, to‘y o‘tkazish mumkin emasligi haqida ogohlantirilgan bo‘lgan.

Shunga qaramay 55 yoshli A.Sh. 22 yoshli qizi K.Sh. va 23 yoshli kuyovi A.A. va uning o‘rtoqlari ishtirokida kuyov-navkar marosimini o‘tkazganligi yuzasidan Jinoyat kodeksining 257-1-moddasi (Sanitariyaga oid qonun hujjatlarini yoki epidemiyaga qarshi kurash qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ushbu moddadagi jinoyatni sodir etganlik uchun bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravaridan 100 baravarigacha miqdorda jarima solish yoki 5 yilgacha muayyan huquqdan mahrum qilish yoki 2 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida 23-martdan boshlab to‘y-marosimlar o‘tkazish bekor qilingan edi. 27-martdan boshlab esa zaruratsiz ko‘chaga chiqish, ko‘chada va jamoat joylarida uch kishidan ortiq bo‘lib to‘planish taqiqlangan. Fuqarolar o‘zaro muloqot chog‘ida ikki metr masofa saqlashi shartligi belgilangandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:564 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:09:51
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031