• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 13
Гостей: 13
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 18 » Toshkentda 83 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni O‘zbekiston bo‘yicha 194 nafarga yetdi
17:53
Toshkentda 83 yoshli onaxon koronavirusdan tuzaldi. Sog‘ayganlar soni O‘zbekiston bo‘yicha 194 nafarga yetdi

Toshkentdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemorlarning yana 14 nafari, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanayotgan bemorlarning olti nafari sog‘aydi. Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmatidan ma’lum qilishlaricha, ular 18-aprel kuni Respublika ixtisoslashtirilgan terapiya va tibbiy reabilitatsiya ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga kuzatilgan.

Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanib chiqqan bemorlarning 10 nafari erkak, to‘rt nafari ayollardir. Ulardan 8 nafari Toshkent shahridan, ikki nafari Toshkent viloyatidan va bir nafardan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Samarkand, Sirdaryo va Navoiy viloyatlaridan.

Bemorlardan uch nafari Rossiyadan charter reysda kelgan. Qolgan 11 nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiyani yuqtirib olgan. Ular orasida eng kattasi 56 yoshda bo‘lsa, eng kichigi 20 yoshda.

Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklari ilmiy-tekshirish instituti klinikasida davolanib chiqqanlardan biri chiroqchilik 83 yoshli onaxon bo‘lib, Sog‘liqni saqlash vazirligi axborotiga ko‘ra, u kasalxonaga og‘ir ahvolda olib kelingan edi.

Shuningdek, tuzalgan yana to‘rt nafar bemor Toshkent shahridan bo‘lib (50, 31 va 30 yoshli erkak hamda 57 yoshli ayol), ulardan bir nafari Rossiyadan charter reys bilan kelgan, qolgan uch nafari esa koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, infeksiya yuqtirib olgan. Yana bir nafar farg‘onalik 35 yoshli bemor ham xorijdan kelgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligidan qo‘shimcha qilishlaricha, Buxoro viloyatida ham yana uch nafar bemor (erkak) sog‘aygan. "Shunday qilib, O‘zbekiston bo‘ylab koronavirus infeksiyasidan butunlay sog‘aygan bemorlar 18-aprel kuni avvalgi kunlarga nisbatan eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etgan holda, 38 nafarga yetib, jami 194 nafarni tashkil etmoqda”, — deyiladi vazirlik axborotida.

Avvalroq 18-aprel kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Buxoro, Xorazm, Farg‘ona, Andijon va Namangan viloyatlarida jami 15 bemor sog‘aygani haqida xabar berilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 18 aprel soat 10:00 holatiga ko‘ra O‘zbekiston bo‘yicha koronavirus infeksiyasini yuqtirib olish bilan bog‘liq 1450 ta holat aniqlangan; o‘tgan vaqt davomida kasallikka chalingan to‘rt bemor vafot etgan.

Bundan tashqari, so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, xorijdagi 73 nafar vatandoshda ham koronavirus aniqlangan, ularning kamida to‘rt nafari vafot etgan. Vafot etganlarning uch nafari AQShda, bir nafari esa Rossiyada bo‘lib turgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:567 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:02
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь