• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 11
Пользователи 1
Admin
faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyul » 5 » Toshkentda 49 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetdi
21:58
Toshkentda 49 yoshli ayol koronavirusdan vafot etdi. O‘zbekistonda kasallikdan vafot etganlar soni 34 nafarga yetdi

Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi xabar bermoqda.

Yunusobod tumanida yashovchi, 49 yoshli N.U. ismli ayol bir necha kun davomida tana haroratining ko‘tarilishi, tomog‘ida og‘riq va holsizlik bo‘lishiga qaramasdan shifokorlarga o‘z vaqtida murojaat qilmagan.

3-iyul kuni bemor xususiy klinikada koronavirusga tahlil topshirgan. Shu kuni ahvoli og‘irlashganligi sababli 7-son shahar klinik shifoxonasining reanimatsiya bo‘limiga yotqizilib, sun’iy nafas oldirish apparatiga ulangan.

Unga ikki tomonlama pnevmoniya, o‘tkir nafas va yurak qon-tomir yetishmovchiligi, koma I tashxisi qo‘yilgan. Bemorning davolanishi davomida kunlik ahvoli malakali shifokorlar tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Biroq shifokorlarning standartlar asosida o‘tkazgan reanimatsion muolajalariga qaramasdan bemor o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan vafot etdi. Bemorning qaysi kuni vafot etganiga SSV aniqlik kiritmagan. 49 yoshli ayol O‘zbekistonda koronavirusdan vafot etgan 34-bemor bo‘ldi.

Kun davomida SSV koronavirusdan uchta o‘lim holati haqida xabar berdi. Bunaqasi hali O‘zbekistonda kuzatilmagandi. 5-iyul kuni vafot etgani xabar berilgan uchala bemor ham Toshkentda hayotdan ko‘z yumgan.

Bungacha O‘zbekistonda 33 kishi koronavirus infeksiyasi asoratlari oqibatida:

27-mart kuni Namangan viloyatida Umradan qaytgan qizidan koronavirus yuqtirib olgan 72 yoshli onaxon miokard infarktidan (uning janozasida qarindoshlaridan hech kim ishtirok etmagan);

28-mart kuni Toshkent shahrida o‘zini uyda davolashga uringan 39 yoshli (erkak) shifokor koronavirus infeksiyasidan;

7-aprel kuni koronavirusga chalingan 40 yoshli erkak yurak va o‘pka yetishmovchiligidan;

11-aprel kuni esa xorij safaridan koronavirusga chalinib qaytgan farg‘onalik 59 yoshli ayol o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi hamda o‘pka-yurak yetishmovchiligi oqibatida;

14-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 73 yoshli Sh. yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

18-aprel kuni Toshkent shahrida 77 yoshli ayol koronavirus infeksiyasi asoratlari — ikki tomonlama bronxopnevmoniyaning og‘ir kechishi, o‘tkir nafas yetishmovchiligi va o‘pka shishidan;

22-aprel kuni Namangan shahrida yashagan 54 yoshli ayol o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

24-aprel kuni Angrenda koronavirus infeksiyasi tasdiqlangan bemor o‘tkir nafas, o‘pka-yurak va poliorgan yetishmovchiligidan;

29-aprel kuni Toshkentda 61 yoshli G. ismli bemor o‘tkir respirator distress sindrom, o‘tkir nafas yetishmovchiligi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;

3-may kuni Namanganda M. ismli koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

13-may kuni Samarqandda koronavirusga chalingan O‘. ismli ikkinchi guruh nogironi o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

17-may kuni koronavirusga chalingani Surxondaryoda aniqlangan sirdaryolik I. ismli haydovchi yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;

18-may kuni koronavirusga chalingan samarqandlik bemor yurak-qon tomir va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan;

26-may kuni Samarqand viloyatining Paxtachi tumanida yashagan va koronavirusga chalingan 63 yoshli bemor o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

31-may kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 63 yoshli X. ismli ayol bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;

3-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 72 yoshli M. ismli erkak o‘pka-yurak yetishmovchiligi, bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishidan;

6-iyun kuni Toshkent shahrida istiqomat qilgan va koronavirusga chalingan 70 yoshli Sh. ismli erkak miya shishi, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

8-iyun kuni Toshkentda koronavirusga chalingan 76 yoshli X. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

10-iyun kuni Toshkentga Sankt-Peterburgdan charter reysda kelgan samarqandlik A. ismli erkak o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan;

25-iyun kuni Denov shahrida yashagan 59 yoshli B.X. ismli ayol yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (ushbu bemor 20-iyunda vafot etgani haqida Denov tumani hokimi 21-iyun kuni ma’lum qilgandi);

28-iyun kuni Toshkentda A.U. ismli shifokor miokard infarkti, o‘tkir nafas va yurak-qon tomir yetishmovchiligidan (ushbu bemor 26-iyun kuni vafot etgan);

28-iyun kuni Toshkentda 42 yoshli D.X. ismli erkak bosh miya qon aylanishining o‘tkir buzilishi, o‘tkir nafas va o‘pka-yurak yetishmovchiligidan;.

29-iyun kuni Buxoroda 58 yoshli M.S. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;

29-iyun kuni Jizzax viloyatida 72 yoshli Q.R. ismli erkak o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan

30-iyun kuni Jizzax viloyatida 70 yoshli F.O. ismli ayol o‘tkir miokard infarkti, yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan;

30-iyun kuni Toshkentda qoraqalpog‘istonlik 62 yoshli B.Y. ismli erkak o‘pka va o‘tkir nafas yetishmovchiligidan

1-iyul kuni Qashqadaryoda 64 yoshli S.H. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va nafas yetishmovchiligidan (u 29-iyun kuni olamdan o‘tgan);

3-iyul kuni Toshkentda 59 yoshli G‘.B. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan (u 2-iyul kuni olamdan o‘tgan);

3-iyul kuni Toshkentda saraton kasalligidan davolanib kelgan 77 yoshli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan  vafot etgan;

4-iyul kuni Toshkentda 65 yoshli erkak V.M. o‘pka arteriyasi tromboemboliyasi, o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);

4-iyul kuni Buxoroda 35 yoshli D.Sh. o‘tkir nafas va yurak yetishmovchiligidan (u 3-iyul kuni vafot etgan);

5-iyul kuni Toshkentda 71 yoshli M.G. ismli ayol o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan;

5-iyul kuni Toshkentda 45 yoshli Z. ismli erkak o‘tkir yurak-qon tomir va o‘pka yetishmovchiligidan vafot etgani xabar berildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:423 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Iyul 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
  12345
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031