• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 7 » Toshkentda 19 soatda 185 kishida koronavirus aniqlandi. Bu — misli ko‘rilmagan rekord ko‘rsatkich
20:53
Toshkentda 19 soatda 185 kishida koronavirus aniqlandi. Bu — misli ko‘rilmagan rekord ko‘rsatkich

Toshkent shahrida birgina 7-iyunning o‘zida soat 18:00 ga qadar 185 kishida koronavirus infeksiyasi tasdiqlandi. Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlari shundan dalolat bermoqda.

SSVning 7-iyun kuni soat 10:00 dagi axborotida O‘zbekistonda 87 kishida koronavirus tasdiqlangani, ularning bari Toshkent shahrida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lgan fuqarolar ekani ma’lum qilingan edi.

Vazirlikning soat 18:00 dagi axborotida mamlakat bo‘yicha yana 121 kishida kasallik tasdiqlangani, ularning 98 nafari Toshkentdan ekani ko‘rsatilgan — ularning bari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lganlar.

Sog‘liqni saqlash vazirligi bu 185 kishi kasallikni aynan kimlardan yuqtirgani (kasallik yuqishining zanjir ketma-ketligi) haqida axborot berganicha yo‘q.

Qayd etish joiz, so‘nggi bir necha kundan beri poytaxtda aholi orasida muntazam ravishda koronavirusga chalinganlar aniqlanayotgan edi — 6-iyun kuni 10 kishida, 5-iyun kuni 9 kishida, 4-iyun kuni 4 kishida kasallik qayd etilgan edi.

Sog‘liqni saqlash vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, 6-iyun kuni Qoratoshdagi Mediapark’ning ikki xodimida, 5-iyun kuni esa Olmazor tumanidagi nafaqadagi fuqaroda, "O‘rikzor”dagi yana bir sotuvchi va uning besh nafar oila a’zosida, 4-iyun kuni esa Shayxontohur tumanida vaqtincha yashovchi fuqaro, shu tumandagi qurilish firmasi xodimi, Mirobod tumanidagi pensioner, Yunusobod tumanida yashovchi fuqaro koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgani ma’lum bo‘lgan edi.

Bir kunda 185 kishida kasallik aniqlanishi — bu nafaqat Toshkent shahri uchun, balki butun O‘zbekiston uchun ham rekord ko‘rsatkichdir (ma’lumot uchun, hali yakuniga yetmagan 7-iyun davomida O‘zbekiston bo‘yicha 208 kishida kasallik aniqlandi).

Shu vaqtgacha O‘zbekistonda kasallanish holatlari bo‘yicha kunlik eng yuqori ko‘rsatkich 14-aprel kuni qayd etilgan, o‘shanda 167 kishida kasallik tasdiqlangan edi. Kasallanganlar soni so‘nggi bor 26-may kuni 100 kishidan oshgan edi — o‘shanda butun kun davomida 101 kishida koronavirus aniqlangan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:515 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:13:32
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь