• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Ўзбекистоннинг энг яхши телеканалини белгиланг
Всего ответов: 683
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 23 » Toshkent viloyati hokimligi koronavirus yuqtirgan hamshira haqidagi o‘zi tarqatgan xabarni o‘zi yolg‘on deb atadi
20:49
Toshkent viloyati hokimligi koronavirus yuqtirgan hamshira haqidagi o‘zi tarqatgan xabarni o‘zi yolg‘on deb atadi

Toshkent viloyati hokimligi axborot xizmati viloyat hududida hamshira koronavirus yuqtirib olgani haqidagi xabarlarni yolg‘on deb atadi. Bu haqda viloyat hokimligi axborot xizmatining Telegram’dagi sahifasida xabar qoldirilgan.

Avvalroq Toshkent viloyati IIBB matbuot xizmatiga tayanib, Toshkent viloyatida bemorlarni davolayotgan hamshira koronavirus yuqtirib olgani haqida xabarlar tarqalgan edi. Viloyat IIBB matbuot xizmati ushbu axborotni viloyat hokimligi axborot xizmatidan olgan.

Hokimlikning koronavirus tarqalishiga qarshi ishlar to‘g‘risidagi 23-martdagi dastlabki rasmiy ma’lumotida hozirgacha viloyatda to‘qqiz kishida koronavirus aniqlangani, bemorlarning to‘qqizinchisi hamshira ekanligi ma’lum qilingan edi. Hokimlik axborotida u aynan qayerda hamshiralik qilgani aytilmagan.

23-mart kuni 19:50 da viloyat hokimligining Telegram-kanalida shunday axborot paydo bo‘ldi: "Toshkent viloyatida hamshira koronavirusni yuqtirib olgani haqidagi ma’lumot tasdiqlanmadi, bu mazmundagi xabarlar yolg‘on. Hurmatli bloger va jurnalistlar, yuzaga kelgan holat uchun uzr so‘raymiz hamda ayni mazmundagi xabarlarni tarqatmasligingizni iltimos qilamiz”.

Viloyat hokimligining aniqlik kiritishicha, to‘qqizinchi bemor hamshira ekani haqidagi axborot manbasi viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi xodimlari bo‘lib, ular texnik xatoga yo‘l qo‘ygan. Ayni vaqtda, to‘qqizinchi bemorga oid yangi tafsilotlar ma’lum qilinmagan.

Hokimlikning 23-mart kuni koronavirus tarqalishiga qarshi qilingan ishlar to‘g‘risidagi rasmiy axboroti 20:06 da tahrirlangan holda takroran e’lon qilingan — tahrirlangan axborotdan viloyat hududidagi koronavirusga chalingan bemorlar haqidagi ma’lumot olib tashlangan.

Ma’lumot uchun, avvalroq Sog‘liqni saqlash vazirligi koronavirus epidemiyasi vaqtida yolg‘on, aholi orasida vahima keltirib chiqaruvchi xabar tarqatgan OAV va blogerlarni javobgarlikka tortishni nazarda tutuvchi qonun loyihasini jamoatchilik muhokamasi uchun e’lon qilgan edi. Vazirlikning bu tashabbusi jamoatchilikdan tomonidan e’tirozlar bilan kutib olingan, ayni vaqtda mavjud vaziyat haqida o‘z vaqtida haqqoniy axborot bermagan, noaniq yoki yolg‘on axborot bergan davlat organlariga ham chora ko‘rilishi lozimligi ta’kidlangan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:553 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:31
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031