• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Fevral » 2 » Toshkent shahar IIBB “Gvardeyskaya” YHXB xodimining nima sababdan ish vaqtida xizmat joyida bo‘lmaganiga izoh berdi
14:13
Toshkent shahar IIBB “Gvardeyskaya” YHXB xodimining nima sababdan ish vaqtida xizmat joyida bo‘lmaganiga izoh berdi

Internet tarmog‘ida tarqagan videoyozuvda yosh yigit Yunusobod tumani Obid Zokirov ko‘chasida joylashgan "Gvardeyskaya” YHXB RO‘ va IOB diagnostik stansiyasiga kelganini ma’lum qildi. Video muallifi vaqtni ko‘rsatganda soat 10:26 bo‘lgan edi, ish vaqti soat 09:00 dan 18:00 gacha bo‘lishiga qaramasdan xodim xizmat joyida yo‘qligidan norozilik bildirdi. Shu bilan birga ko‘chada navbat to‘planayotganligi ham ko‘rinib turar edi.Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati ushbu holat yuzasidan izoh berdi.

Xabarda aytilishicha, ushbu video 2020-yilning 27-yanvar kuni olingan. O‘sha kunda RO‘ va IOB huzuridagi diagnostik stansiyada podpolkovnik M.Boqijonov xizmat olib borgan va soat 08:00 dan ishda bo‘lgan. Ammo soat 10:00 ga yaqin xodim o‘zini yomon his qilganligi sababli infarkt gumoni bilan Ichki ishlar vazirligining Markaziy shifoxonasi jonlantirish bo‘limiga yetkazildi.

Shu sababli "Gvardeyskaya” YHXB RO‘ va IOB postiga tezlik bilan o‘rinbosar – katta inspektor leytenant I. Ahmedov jo‘natildi. Tez orada diagnostik stansiya ishi ham davom etdi.

"Qayd etish joizki, so‘ngi ikki YHXB RO‘ va IOB faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha jiddiy ishlar amalga oshirilishi natijasida bir qator o‘zgarishlar yuz berdi. Xususan, xizmat ko‘rsatilishi davomida navbat muammosi deyarli hal qilingan.

YHQ buzilgani uchun jarimani bank kassalari orqali va onlayn to‘lash imkoniyati paydo bo‘ldi; yagona baza tashkil etilgani natijasida YHXBda to‘lov amalga oshirishda propiskaning dahli yo‘q.

Bayonnoma tuzilayotganda haydovchilik guvohnomasini olib qo‘yish amaliyoti faqatgina qoidabuzarliklarning tor ro‘yxati uchungina saqlanib qolingan. O‘tgan yiliyoq joylarda raqamli navbat amaliyoti joriy etila boshladi: birinchi apparat Fayzobod RO‘ va IOBda paydo bo‘ldi.

Bundan tashqari, yaqinda YHXBning tuman bo‘linmalarida haydovchilik guvohnomasining eski nusxasini yangisiga almashtirish vazifasi yechildi, endi bu maqsadda Davlat xizmatlari markaziga murojaat qilish kerak bo‘ladi. Texnik pasport almashtirish xizmati, shuningdek, davlat raqam belgilarini olish bilan transport vositalarini qayta ro‘yxatdan o‘tkazish tartibini ham shunday ‘qismat’ kutmoqda.

Qo‘shimcha qilamizki, biz tomonimizdan xodim va fuqaro o‘rtasida muloqotni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha muntazam ishlar olib borilmoqda. Joylarda o‘rnatilgan kofe va shirinliklar apparatlari hamda tekin Wi-Fi YHXB bo‘linmalarida qulaylikni oshiradi. Biz tomondan olib borilayotgan ishlarga munosib baho berasizlar, degan umiddamiz. Barchangizdan xolislikni so‘rab qolamiz, biz esa, o‘z navbatimizda holatni yaxshilashda davom etamiz”, — deyiladi xabarda.
Категория: Har-Hil | Просмотров:530 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:33
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Fevral 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
242526272829