• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 30 » Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlarning yordamlarini yetkazib berish bo‘yicha markaz tashkil etildi
10:27
Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlarning yordamlarini yetkazib berish bo‘yicha markaz tashkil etildi

Toshkent shahar hokimligida saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlarni amalga oshirishda yuzaga keladigan qiyinchiliklarni bartaraf etish maqsadida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi. Bu haqda poytaxt hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

30-mart kuni soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Toshkent shahrida avtotransport vositalarini harakati maxsus ruxsatnomalar bilan amalga oshirilishi munosabati bilan saxovatpesha insonlar tomonidan ko‘rsatilayotgan yordamlar masalasida qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin.

Ko‘ngillilarning xayrli ishlari o‘z vaqtida manzilli amalga oshishiga ko‘maklashish maqsadida Toshkent shahar hokimligida muvofiqlashtiruvchi markaz tashkil etildi.

Markaz quyidagi tartibda ish faoliyatini amalga oshiradi:

davlat va jamoat tashkilotlari, deputatlar, tadbirkorlar, yordam ko‘rsatishni istagan faol fuqarolar markazga manzilli yordam ko‘rsatish bo‘yicha murojaat etadi;

markazdan murojaat bo‘yicha ma’lumot tuman hokimi o‘rinbosarlariga yetkaziladi;

tuman hokimi o‘rinbosarlari yordam ko‘rsatish istagini bildirganlar bilan hamkorlikda manzilli yordamni tashkil etadi.

Markazga har kuni soat 10:00 dan 17:00 ga qadar (71) 210-01-15 va (71) 210-01-16 telefon raqamlari orqali murojaat etish mumkin.

Eslatib o‘tamiz, respublika maxsus komissiyasi tomonidan shaxsiy transportdan foydalanishga cheklov qo‘yilgani haqida xabar berilgandi. O‘zbekistonda viloyatlararo, Toshkent va Nukus shaharlari hamda viloyatlar markazlarida 30-mart soat 06:00 dan 20-aprel soat 00:01 ga qadar Davlat xizmatlari markazlari tomonidan beriladigan maxsus ruxsatnoma (stiker)lar asosida avtotransport vositalari harakatlanishiga ruxsat beriladi. Huquqbuzar fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 54-moddasi asosida jarima qo‘llaniladi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:581 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:03
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031