• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 21 » “Tangem” o‘zi ishtirokidagi 3 mln dollarlik yangi serialni O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qildi
14:47
“Tangem” o‘zi ishtirokidagi 3 mln dollarlik yangi serialni O‘zbekiston xalqiga sovg‘a qildi

O‘zbekistonning Koreyadagi turistik brend elchisi, mashhur "Saroy javohiri” teleserialidagi Tangem roli ijrochisi Li Yon E o‘zi ishtirokidagi yangi serialni O‘zbekistonga hadya qildi. Bu haqda Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasi matbuot xizmati  xabar berdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekistonning Janubiy Koreyadagi elchixonasida aktrisa Li Yon E hamda GroupEight kompaniyasi raisi Byong Jun Song bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan.

Uchrashuvda aktrisa butun dunyodagi koronavirus bilan bog‘liq pandemiya sabab aprel oyida O‘zbekistonga kela olmasligini afsus bilan qayd etib, COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat normallashganidan so‘ng prodyuser Byong Jun Song bilan, albatta, mamlakatga tashrif buyurishini ma’lum qilgan. Aktrisa O‘zbekistonning boy madaniy merosi va diqqatga sazovor maskanlari bilan yaqindan tanishishni maqsad qilgani, shuningdek, mamlakat turistik brendini targ‘ib qilishda davom etishini alohida ta’kidlagan.

Uchrashuv davomida Li Yon E O‘zbekiston xalqiga o‘zi bosh rolni ijro etgan "Saimdan rang-barang xotiralar” nomli teleserialini hadya qilgan. Aktrisa ushbu serial ayni damda aksariyat vaqtini uyda o‘tkazayotgan O‘zbekiston aholisiga vaqtni mazmunli o‘tkazishiga yordam beradi, — deya umid bildirgan.

"Davlat rahbari tashabbusi bilan xorijiy mamlakatlarda O‘zbekistonning turizm elchisi lavozimiga chet ellik mashhur siyosiy, madaniy, sport va ishbilarmon doiralari vakillari tayinlanib kelmoqda. Bunday shaxslarning turizm targ‘ibotiga jalb qilinishi yurtimizga keladigan xorijiy sayyohlar oqimini oshirish yo‘lida xizmat qiladi. Xorijiy mamlakatlardagi turistik brend elchilarining hozirgi pandemiya sharoitida O‘zbekiston va uning xalqiga bunday e’tiborni namoyon etishi, albatta, tahsinga sazovordir”, —  deydi Turizmni rivojlantirish qo‘mitasi raisi Aziz Abduhakimov.

Ma’lumot uchun, "Saimdan, rang-barang xotiralar” Janubiy Koreyaning 30 seriyali dramasi bo‘lib, koreyalik mashhur musavvir, xattot va shoira Shin Saimdan (1504—1551) hayoti va faoliyati haqida hikoya qiladi.

Koreya respublikasining 50 000 von nominalli eng yirik banknotasida uning tasviri aks ettirilgan. Mazkur serial 2017-yilda Janubiy Koreyaning "SBS” telekanalida efirga uzatilgan. Shundan so‘ng Xitoy, Yaponiya, Singapur, Malayziya, Tailand va boshqa mamlakatlar telekompaniyalari uni o‘rtacha 3 million AQSh dollari evaziga translyatsiya qilish huquqini qo‘lga kiritgan.
Категория: Har-Hil | Просмотров:633 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:15:57
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь