• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Bizning Saytga Yana Qanday Loyihalar Kiritish Lozim?
Всего ответов: 231
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 9
Гостей: 9
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 24 » Surxondaryoda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs 1 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi
10:14
Surxondaryoda koronavirus haqida yolg‘on ma’lumot tarqatgan shaxs 1 mln so‘mdan ortiq jarimaga tortildi

Ijtimoiy tarmoqlarda respublikaning barcha hududlarida koronavirus pandemiyasi tufayli e’lon qilingan karantin vaqtida fuqarolarni vahimaga soluvchi va huquq-tartibotni buzishga undovchi mish-mishlar tarqatgan shaxslardan biri jarimaga tortildi. Bu haqda Surxondaryo viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Telegram’dagi kanallardan birining foydalanuvchisi 20-mart kuni soat 12:38 da "ikki kishida aniqlandi”, deya guruhga koronavirus haqida odamlarni chalg‘ituvchi, jamiyatda vahima uyg‘otuvchi yolg‘on ma’lumot tarqatgan.

Tezkor qidiruv hamkorlik boshqarmasi mas’ul xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor surishtiruv ishlar natijasida guruhga yolg‘on ma’lumot tarqatgan profil egasi va foydalanuvchisi Surxondaryo viloyati, Muzrabot tumanida istiqomat qilib, Termiz shahrida savdo shoxobchalarining birida sotuvchi bo‘lib ishlab kelayotgan fuqaro A.B. ekanligi aniqlangan.

Unga nisbatan 23-mart kuni Ma’muriy ishlar bo‘yicha Termiz shahar sudining qaroriga ko‘ra, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 205-moddasida ko‘rsatilgan (Favqulodda holat tartibi sharoitida jamoat tartibiga tajovuz qilish) huquqbuzarlikni sodir etganlikda aybdor deb topilib, unga nisbatan bazaviy hisoblash miqdorining 5 baravari, ya’ni 1 million 115 ming so‘m miqdorida jarima jazosi tayinlangan.

Eslatib o‘tamiz, aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan materiallarni tayyorlash yoki ularni tarqatish maqsadida saqlash 44 million 600 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari yoxud 1 yildan 3 yilgacha ozodlikni cheklash yoki 3 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Aholi orasida vahima chiqarishga qaratilgan ma’lumotlar va materiallarni har qanday shaklda tarqatish 66 million 900 ming so‘mdan 89 million 200 ming so‘mgacha miqdorda jarima yoki 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:535 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:02:29
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031