• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 14 » SSV tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi
19:32
SSV tez yordam mashinasi ishtirokidagi YTH yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi "Tez yordam” mashinasi hamda Epica to‘qnashuvi oqibatida ro‘y bergan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan qo‘shimcha ma’lumot berdi.

"14-aprel kuni soat 12:38 Olmazor tumani Chig‘atoy Darvoza chorrahasida chaqiruv bo‘yicha ketayotgan Ford rusumli tez yordam mashinasi hamda Chevrolet Epica rusumidagi avtomashina ishtirokida yo‘l-transport hodisasi yuz bergan. 

Oqibatda 5 kishi jarohatlangan. Ular zudlik bilan tibbiy tekshiruvdan o‘tkazilib, belgilangan tartibda tez tibbiy yordam ko‘rsatilgach, Respublika shoshilinch tez tibbiy yordam ilmiy markaziga olib kelingan. Jarohatlanganlardan biri ko‘chma brigada shifokori, 32 yoshli U.U.ning ahvoli qoniqarli bo‘lganligi sababli uyiga javob berilgan.

Tezkor brigada feldsheri, 20 yoshli O.O., tez yordam avtomashinasi haydovchisi, 55 yoshli I.G. hamda Chevrolet Epica haydovchisi va yo‘lovchisi: 46 yoshli N.S. va 20 yoshli M.A. esa markazning neyrojarrohlik bo‘limiga yotqizilgan. Ayni paytda ularning ahvoli o‘rtacha og‘irlikda.

Bemorlarga malakali shifokorlar tomonidan standartlar asosida tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda. Hozirda yo‘l-transport hodisasi yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda”, deyiladi SSV jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi bergan ma’lumotda.

Avval Toshkentda tez yordam mashinasi YTHga uchragani Ford rusumidagi mashinaga jiddiy zarar yetgani va u chorrahada chap tomonga ag‘darilgani, Ford’ning chaqiruv bo‘yicha mayoqchalari yoqilgan holatda svetoforning qizil chirog‘ida chorrahaga chiqib kelgan vaqtida Epica bilan to‘qnashuvi oqibatida 5 kishi jarohat olgani xabar qilingandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:597 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь