• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 22 » SSV “1-gorbolnitsa”ga yangi bemor joylashtirilishiga qarshilik ko‘rsatgani haqidagi audioga munosabat bildirdi
17:08
SSV “1-gorbolnitsa”ga yangi bemor joylashtirilishiga qarshilik ko‘rsatgani haqidagi audioga munosabat bildirdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot kotibi Furqat Sanayev Toshkent shahridagi "Ibn Sino” nomli 1-son klinik shifoxonasi bilan bog‘liq audiolarga munosabat bildirdi. Ovozli yozuvlarda koronavirusga chalingani taxmin qilingan bemor shifoxonaga joylashtirilishiga qattiq qarshilik ko‘rsatgani, norozilik ovozlari eshitilgan.

Mazkur voqea bo‘yicha SSV matbuot kotibi quyidagilarni ma’lum qilgan:

"21-mart kuni soat 18:15da "Dehli-Toshkent” yo‘nalishi bo‘yicha Hindistondan uchib kelgan reysda 254 nafar yo‘lovchi orasida 9 yoshli bola ham bo‘lgan. Sirdaryolik bu bola Hindistonda boshidan operatsiya o‘tkazgan (ko‘pchilik odatda bu davlatga turli operatsiyalar o‘tkazib kelish uchun boradi) va qaytgan paytida tana harorati 39 daraja bo‘lgan.

Respublikadagi vaziyat, shifo maskani yaqinligi hisobga olinib, qolaversa "Ibn Sino” nomli 1-son klinik shifoxonasi karantinga olingani va eng muhimi – reanimatsiya bo‘limida joy borligi uchun bola shu shifoxonaga olib borilgan. Qolaversa, har bir bemor, ayniqsa bolalar sog‘ligi uchun shifokorlar javobgardir.

Bu shifoxonada saqlanayotganlar va ularning tashqarida turgan yaqinlari orasida "koronavirusga chalingan odam oramizga olib kelindi” degan gap tarqalib, shifokorlarning tushuntirishlariga qaramay keskin noroziliklar bildirilgan.

Keyinchalik bola boshqa ixtisoslashgan shifoxonaga joylashtirilib, reanimatsion chora-tadbirlar amalga oshirildi. Ayni paytda bola o‘z kuzatuvchisi bo‘lgan bobosi bilan maxsus joyda va ahvoli o‘rtacha og‘irlikda, koronavirusga oid laborator tekshiruvlar amalga oshirilmoqda. Bemor bu kasallikka chalingani ayni paytda tasdiqlanmagan.

Fursatdan foydalanib, shunday sinov davrida fuqarolarimizdan osoyishtalikni saqlab qolishni, vahimaga berilmaslikni, asossiz ma’lumotlar ta’siriga tushmaslikni yana bir bor so‘rab qolamiz. Unutmang, shifokorlar sizning sog‘ligingiz va xavfsizligingiz uchun har qachongidan ham ko‘proq qayg‘urmoqda”, – deyiladi SSV matbuot kotibining telegram-kanalida yozgan postida.

Avval O‘zbekistonda koronavirusga chalinganlar soni 43 nafarga yetgan, vatanga qaytish uchun murojaat qilgan fuqarolar soni ma’lum qilingan, shuningdek, O‘zbekistonda karantin davrida har bir fuqaroga haftasiga 300 ming so‘mdan berilishi haqidagi xabarlar rad etilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:572 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:00:15
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031