• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 12
Гостей: 12
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 1 » Sirdaryoda Sardoba suv omboridan suv toshib chiqdi, Qo‘rg‘ontepa aholi punkti evakuatsiya qilindi
10:20
Sirdaryoda Sardoba suv omboridan suv toshib chiqdi, Qo‘rg‘ontepa aholi punkti evakuatsiya qilindi

Sirdaryo viloyatida 1-may kuni soat 05:55 da Sardoba suv ombori to‘g‘onining 6-piket devorida suv chiqishi yuzaga kelgan. Oqibatda Sardoba tumani Qo‘rg‘ontepa aholi yashash punktiga suv kirgan. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar bermoqda.

Qayd etilishicha, mazkur vaziyat bo‘yicha zudlik bilan Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi va favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat quyi tizimiga kiruvchi tashkilotlar bilan hamkorlikda Qo‘rg‘ontepa aholisini "Birlik” mahallasiga vaqtincha evakuatsiya qilish ishlari olib borilmoqda.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, qurbonlar va jarohatlanganlar yo‘q, jiddiy talafotlar ham kuzatilmagan.

Eslatib o‘tamiz, Gidrometeorologiya xizmatining bergan ma’lumotiga ko‘ra, joriy yilning 1—2-may kunlari O‘zbekiston hududiga Turkmaniston orqali Kaspiy dengizining janubiy tumanlari ustida shakllangan nam havo oqimi kirib kelishi kutilayotgani haqida xabar berilgan edi.

Unda Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand viloyatlarida kuchli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi, shamolning tezligi soniyasiga 15—20 metrgacha kuchayishi, ayrim joylarda esa 23-28 metrgacha yetishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan.

Avvalroq Jizzax viloyatining Sharof Rashidov tumanida yuzaga kelgan tabiiy ofat oqibatida sel qoramol podasini oqizib ketgani haqida xabar berilgan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:671 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:18:52
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь