• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 15
Гостей: 15
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 11 » Singapurlik olimlar koronavirus tugashi bo‘yicha prognozlarini bekor qilib, barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashladi
17:55
Singapurlik olimlar koronavirus tugashi bo‘yicha prognozlarini bekor qilib, barcha ma’lumotlarni o‘chirib tashladi

Singapur universiteti olimlari aprel oyida COVID-19 koronavirusi epidemiyasining turli mamlakatlarda qachon yakuniga yetishi borasidagi taxminiy sanalarni e’lon qilgandi. "RIA Novosti”ning xabar berishicha, vaziyat tez o‘zgarayotgani tufayli ular bu boradagi barcha prognozlarini bekor qildi va saytdagi grafikalarni o‘chirib tashladi.

Uning o‘rniga boshqa tadqiqot markazlarining modellarini ko‘rish tavsiya etilgan bo‘lib, shunday markazlarning bir nechtasiga havolalar berilgan.

Olimlar 131 ta davlat bo‘yicha ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandi. Tadqiqotchilar prognozlashda infeksiya bilan kasallanishga moyil odamlar soni, bemorlar soni va kasallikdan tuzalganlar soni, shuningdek, ijtimoiy muloqotlar intensivligi hisobga olingan SIR-matematik modelidan foydalangan.

Xususan, O‘zbekistonda epidemiya 24-may kuni, Qozog‘istonda 2-avgust kuni va Qirg‘izistonda 6-iyun kuni tugashi prognoz qilingandi. 3-may kuni taqdim etilgan navbatdagi prognozda esa bu davlatlar bo‘yicha ma’lumotlar berilmagan.

Rossiyada esa koronavirus epidemiyasi avgust oyida tugashi prognoz qilingan. Dmitriy Peskov epidemiya tugashining aniq sanasini oldindan aytib bo‘lmasligini ta’kidlab, "Agar singapurlik olimlarda bu borada boshqacha fikr bo‘lsa, ularga qo‘ng‘iroq qilib so‘rashni maslahat beramiz”, deb aytgandi.

Tadqiqot mualliflari ushbu modelning faqat nazariy va ilmiy maqsadlarda o‘ylab chiqilganini bildirgan va ma’lumotni o‘qiyotgan foydalanuvchilardan hissiyotga berilmaslik va karantin bekor qilinishiga ishonib qolmaslikni ta’kidlagandi.

Eslatib o‘tamiz, dunyo bo‘ylab koronavirusga chalinganlar soni 4 million kishidan oshib ketdi. Jumladan, Janubiy Koreyada bir oylik pasayishlardan so‘ng koronavirusga chalinganlar soni keskin oshdi. Uxanda ham koronavirusga chalinganlar qolmagani aytilganidan 2 hafta o‘tib yana kasallanish holati qayd etildi. Rossiyada ketma-ket 8 kundan buyon kunlik kasallanishlar soni 10 ming kishidan oshmoqda. O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 11-may kuni 35 kishiga ko‘payib, 2453 nafarga yetdi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:531 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:06
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь