• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 7
Гостей: 7
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 30 » Shveysariyalik chavandoz doping ishi bo‘yicha oqlandi. Uning oti yegan pichanga tramadol ichgan erkakning peshobi tushgan deb topildi
18:27
Shveysariyalik chavandoz doping ishi bo‘yicha oqlandi. Uning oti yegan pichanga tramadol ichgan erkakning peshobi tushgan deb topildi

Xalqaro sport arbitraj sudi (CAS) shveysariyalik chavandoz Nadya Peter Shtaynerni doping ishi bo‘yicha oqladi, deya xabar beradi Horse and Hound nashri.

Ta’kidlanishicha, 2017-yilda Shtaynerning tulporida taqiqlangan modda tramadol izlari borligi aniqlangan. Keyinchalik Xalqaro ot sporti federatsiyasi Shtaynerni ikki yilga diskvalifikatsiya qilib, (2021-yilning may oyiga qadar) 7500 Shveysariya franki (taxminan, 7,900 AQSh dollari) miqdoridagi jarimaga tortgandi.

Chavandoz esa ushbu qaror yuzasidan CAS’ga shikoyat qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, uning jamoasidagi haydovchi bel og‘rig‘iga qarshi tramadol qabul qilgan va otlarni tashishga mo‘ljallangan yuk mashinasining jonivorlar saqlanadigan joyiga bovul qilgan (haydovchi buni tasdiqlagan). Shtaynerning oti esa peshob tushgan pichandan yegan bo‘lishi mumkin.

CAS chavandoz nima bo‘lganini aniq tushuntirib bergach, otdagi tramadol sportchining beparvoligi tufayli uning organizmiga tushgan degan xulosani rad etdi. Xalqaro ot sporti federatsiyasi ushbu qarorga rozilik berib, Shtaynerning diskvalifikatsiyasi va jarimasini bekor qildi.

Avvalroq chavandoz musobaqalarning birida tulpori tashkiliy qo‘mita a’zosining qo‘lini yalagan vaqtda tramadol uning organizmiga tushgan deb taxmin qilgandi. Biroq bu taxmin yetarli darajada ishonarli deb hisoblanmadi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:425 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:19:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь