• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 10
Гостей: 10
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Aprel » 17 » Shvetsiyalik olim karantinsiz rejim ko‘proq odamlarni koronavirusdan saqlab qolishi mumkinligini bildirdi
21:47
Shvetsiyalik olim karantinsiz rejim ko‘proq odamlarni koronavirusdan saqlab qolishi mumkinligini bildirdi

Linchyoping universitetining biotibbiyot va klinik tadqiqotlar bo‘limining bosh shifokori va professori Yonni Lyudvigsson Shvetsiyaning koronavirusga qarshi strategiyasi samaraliroq ekanligini aytdi. Uning bu boradagi fikrlari Shvetsiyaning Dagens Nyheter nashrida e’lon qilingan.

Uning fikricha, Shvetsiyaning koronaviruga qarshi strategiyasida kasallik odamlarda tezroq tarqalishi ko‘zda tutilgan. Biroq dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, kelajakda shvedlar strategiyasi aksariyat davlatlar kabi mamlakatni butunlay yopgandan ko‘ra ko‘proq odamlarning hayotini saqlab qolishi mumkin.

Yevropa modelidan virusning jamiyatda tarqalishini sekinlashtirishga yordam berishi kutilgan edi. Ammo professorning so‘zlariga ko‘ra, epidemiya Shvetsiya bilan bir vaqtda boshlangan mamlakatlarda har million odamga qancha vafot etganlar to‘g‘ri kelishini taqqoslanganda, bunday yo‘l tutish natijalari juda kam ekanligini ko‘rsatmoqda.

Ispaniyada aholining har million nafariga to‘g‘ri keladigan o‘lim holatlar soni 363 tani, Italiyada 322, Fransiyada 212, Niderlandiyada 154, Buyuk Britaniyada 145, Shvetsiyada 88 va Daniyada 46 tani tashkil etadi.

"Virus tarqalishi qanchalik sekin bo‘lsa, ommaviy immunitet shakllanishi jarayoni shunchalik uzoq vaqt oladi. Epidemiyaning yangi to‘lqini paydo bo‘lishi xavfi mavjud. Agar bu cheklovlar olib tashlanganidan keyin ro‘y bersa (butun mamlakat aholisini qachongacha izolyatsiyada saqlab, uylaridan chiqmay o‘tirishni taqiqlash mumkinligi noma’lum), kasallik tarqalishi yana yangidan avj olishi mumkin. O‘limlar soni yana ko‘payadi, kasalxonalardagi reanimatsiya joylariga ehtiyoj ortadi”, — deya o‘z strategiyasini izohlagan Lyudvigsson.

Uning aytishicha, butun jamiyat hayotining uzoq vaqt to‘xtab qolishi iqtisodiyotdagi kuchli tanazzulga va ommaviy ishsizlikka, bu esa o‘z navbatida, aholi salomatligining yomonlashishi, ruhiy kasalliklar, yurak-qon tomir kasalliklari, saraton va hokazolar tufayli o‘lim holatlarining ko‘payishiga olib keladi.

Shved modelida esa virus tezroq tarqaladi. Sog‘liqni saqlash tizimi va intensiv terapiya bo‘limiga yuk dastlab ortadi, ammo keyin tenglashib, asta-sekinlik bilan pasayadi. Agar kasallanish xavfi yuqori bo‘lganlar izolyatsiya qilinmasa, o‘lim holatlari ham dastlab ko‘p bo‘ladi.

Olimning ta’kidlashicha, Shvetsiyada hozir o‘lim darajasi yuqori, lekin o‘tgan yilning xuddi shu davriga nisbatan uncha katta emas.

"Bularning barchasi shuni ko‘rsatadiki, askariyat keksalar bevosita koronavirus tufayli emas, balki kasallik paytida ko‘proq vafot etmoqda. Afsuski, OAVlar tasvirlayotgan "ommaviy o‘lim” fuqarolarni qo‘rqitib, karaxt qilib qo‘yadi”, — deydi shvetsiyalik shifokor.

"Jamiyatning muhim vazifasi — imkon qadar ko‘proq odamlar hayotini saqlab qolish, degan g‘oyadan kelib chiqsa, yaqin yillarda qaysi model ko‘proq odamlar hayotini saqlab qolishi, undan ham muhimi — ularning qay biri ularning umrini uzoqroq saqlab qolishi qiziq”, — deydi Lyudvigsson.

Olimning ta’kidlashicha, statistika bilan bir qatorda, u mavjud bilimlarga asoslanib quyidagi jihatlar bo‘yicha hisob-kitoblarni amalga oshirdi: har xil yosh guruhlarida COVID-19 bilan kasallanish va o‘lim darajasi, virusning tarqalishi, ommaviy immunitetning shakllanishiga oid prognozlar va o‘tgan inqirozlar (masalan, 2008—2009-yillardagi jahon inqirozi) davomida to‘plangan tajriba asosida iqtisodiy inqirozning fuqarolar hayoti va sog‘lig‘iga ta’siri.

"Hisob-kitoblar shuni ko‘rsatadiki, Shvetsiya modeliga amal qilganga nisbatan Yevropa modelga muvofiq jamiyatni to‘xtatish katta ehtimol bilan yaqin yillarda o‘lim holatlarining ortishiga olib keladi. Va bunda hali uzoq muddatli psixosotsial ta’sirlarning hayot sifatiga salbiy ta’sirini va jamiyatni to‘xtatishning sof iqtisodiy oqibatlarini hisobga olmadik”, — deb ta’kidlagan u.

Uning aytishicha, ommaviy immunitetni shakllantirish kerak va buni dastlab yoshlarda amalga oshirish lozim. Aks holda epidemiya aholining katta qismini emlash amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘lgunga qadar davom etadi — bunga bir yoki ikki yil talab etilishi mumkin.

"Biz, 70 dan oshganlar esa kasallanish xavfi borasida qanday o‘ylashimizdan qat’i nazar, sog‘liqni saqlash tizimini ortiqcha yuklantirmaslik uchun izolyatsiyaga ko‘nikishimiz kerak. Kasallikka chalinish xavfi kamroq bo‘lgan odamlar odatiy hayot tarziga qanchalik tez qaytib, korxonalarni bankrotlikdan, jamiyatni esa ommaviy ishsizlikdan saqlab qolishni boshlasa, shuncha yaxshi”, — deyiladi maqola yakunida.

Jons Hopkins ma’lumotlariga ko‘ra, 17-aprelga kelib Shvetsiyada koronavirusga chalinganlar soni 12 540 kishiga yetgan, 1 400 kishi vafot etgan.

Eslatib o‘tamiz, Belarusda ham keng qamrovli karantin choralari joriy qilinmagan. Mamlakat chegaralari ochiq, davlat va xususiy kompaniyalar ish faoliyatini davom ettirmoqda. Mamlakatda futbol chempionati davom etmoqda.

O‘zbekiston va jahon yangiliklari bilan Telegram orqali tanishing!
Категория: Har-Hil | Просмотров:542 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:14:34
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь