• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTNI QAYERDAN TOPDINGIZ?
Всего ответов: 705
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Iyun » 8 » “Sho‘rdanak” va “Qalpoq” ko‘rsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘radi
19:18
“Sho‘rdanak” va “Qalpoq” ko‘rsatuvlari ijodkorlari YPX xodimlari haqidagi hazillari uchun uzr so‘radi

"Qalpoq” hamda "Sho‘rdanak” hajviy ko‘rsatuvlari ijodkorlari YHXB xodimlari haqidagi hazillari uchun ichki ishlar organlari xodimlaridan kechirim so‘radi.

"Qalpoq” ko‘rsatuvida spirtli ichimlik ichib, mashina boshqargan haydovchi akasining formasini kiyib ko‘chaga chiqqan YHXB xodimiga pora bergani ko‘rsatilgan.

"‘GAI’ va militsiya xodimlari ustidan bunday hazil qilishimiz noto‘g‘ri aslida. Hech qaysi ‘GAI’ haydovchini to‘xtatib pora olmaydi. Haydovchilarning o‘zi ‘Otam kasal, enam o‘lib qoldi’, deb ularning rahmini keltirib, nimadirlar qiladi. ‘GAI’ning pul so‘rashi hayotda bo‘lmagan. Men birorta ‘GAI’ni yomon demayman”, — deydi "Qalpoq” hajviy ko‘rsatuvi aktyori Rahmonali Surobov.

"Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi aktyorlari esa YHXB xodimlarining haydovchini sababsiz to‘xtatib, undan pul undirmoqchi bo‘lganini ko‘rsatgan. Shuningdek, ushbu ko‘rsatuvda haydovchi o‘t o‘chirish moslamasi va dori qutisi sotib olmagani uchun tez yordam va o‘t o‘chirish mashinasi bilan birga yurgani ham aks ettirilgan.

"‘GAI’ xodimlari haqida biz avval ham hazillar qilganmiz, biroq shu safar biroz xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ydik. Bu ham qaysidir ma’noda shu kasb egalari haqida yetarlicha ma’lumotga ega emasligimizda pand berdi. Ularning qanaqa ekanligi yurtimiz boshiga kelgan sinovli kunlarda bilindi. Kechani kecha, kunduzni kunduz demay, tinim bilmay mehnat qilyapti, bizni o‘ylab uyda qolishimizni so‘rab, iltimos qilyapti. O‘zim nomimdan va ijodiy guruh nomidan ichki ishlar xodimlari haqida hajviya tayyorlaydigan bo‘lsak, uning orqasida nima yotganini o‘ylab dastur qilamiz, deb va’da beraman. Xatoliklar uchun afsusdamiz, pushaymondamiz”, — deydi "Sho‘rdanak” ko‘rsatuvi aktyori Erkin Cho‘liyev.
Категория: Har-Hil | Просмотров:627 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:03:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь