• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
YOSHINGIZ?
Всего ответов: 1362
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2022 » May » 12 » Shimoliy Koreyada pandemiya boshidan beri ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holati tasdiqlandi
14:28
Shimoliy Koreyada pandemiya boshidan beri ilk bor COVID-19 bilan kasallanish holati tasdiqlandi

Shimoliy Koreyada koronavirus bilan kasallanish bo‘yicha birinchi holat qayd etildi, deb xabar bermoqda Yonhap Koreya Markaziy telegraf agentligiga tayanib.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 8-may kuni Pxenyandagi bemorlardan test olingan, natijalar omikron shtammi bilan kasallanish holatini ko‘rsatgan.

Shundan so‘ng respublika hukumati "maksimal favqulodda vaziyat” uchun virusni nazorat qilish tizimi joriy etilishini e’lon qildi. Keyin Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Siyosiy byuro yig‘ilishini o‘tkazib, virus tarqalishining oldini olish uchun barcha choralarni ko‘rishga va chegara nazoratini kuchaytirishga chaqirdi.

Janubiy Koreya prezidenti ma’muriyati Shimoliy Koreya hukumatiga COVID-19 ga qarshi kurashda gumanitar yordam ko‘rsatishga tayyorligini ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Reuters.

Pandemiya boshlanganidan beri Pxenyan biror marta mamlakatda koronavirusga chalinish holatlari haqida rasman xabar bermagan. Biroq 2020-yil iyul oyida Markaziy telegraf agentligi mamlakatda COVID-19 borligi taxmin qilinayotgani haqida xabar berdi. Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, virusni yuqtirganlar KXDR chegarasini "noqonuniy ravishda kesib o‘tgan” bo‘lishi mumkin. Shundan so‘ng Kim Chen In hukmron Ishchilar partiyasi Siyosiy byurosining favqulodda yig‘ilishini chaqirgan. Kasallangan odam bilan aloqada bo‘lganlarning barchasi karantinga olingan.

Virus kirib kelishining oldini olish maqsadida 2020-yil yanvar oyida Shimoliy Koreya hukumati xorijliklar va o‘z fuqarolari uchun quruqlik, dengiz va havo chegaralarini yopdi, shuningdek, mamlakat ichida harakatlanishga qattiq cheklovlar kiritdi. O‘sha yilning fevral oyidan qator davlatlarning elchixonalari yopila boshladi, diplomatlar mamlakatni tark etdi. Bundan tashqari, dunyoda COVID-19 bilan bog‘liq vaziyat tufayli KXDR 2021-yilda Tokioda bo‘lib o‘tgan Yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etishdan bosh tortdi.

2021-yil oktabr oyida Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) mamlakatga COVID-19 ga qarshi dori vositalari yetkazib berishni boshladi. Koronavirusga qarshi vaksinalarga kelsak, 2021-yili GAVI xalqaro assotsiatsiyasi (BMT, JSST, UNICEF va boshqa xalqaro institutlar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan alyans) KXDRga 1,7 million doza vaksina yetkazib berishni rejalashtirgan edi. Biroq Pxenyan dorilarning samaradorligiga shubha bilan qaradi, nojo‘ya ta’sirlar uchun javobgarlikdan voz kechish to‘g‘risidagi hujjatni imzolamadi va GAVI xodimlarini mamlakatga kiritishni istamadi. 2021-yil iyul oyida "Amerika Ovozi” manbalarga tayanib, vaksina bo‘yicha muzokaralar Shimoliy Koreya kelishuvga rioya qilmagani sababli to‘xtab qolganini xabar qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:557 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:10:56
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  May 2022  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031