• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYERDANSIZ
Всего ответов: 1765
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2018 » May » 9 » Shifokorlar 7 sinfdaligida urushga yuborilgan aktrisa Rayhon To‘rayevaning oyog‘ini kesib tashlamoqchi bo‘lishgandi
11:01
Shifokorlar 7 sinfdaligida urushga yuborilgan aktrisa Rayhon To‘rayevaning oyog‘ini kesib tashlamoqchi bo‘lishgandi


Ikkinchi jahon urushi ko‘plab xalq qalbida bitmas yara bo‘lib qoldi. Og‘ir talofatlarga sabab bo‘lgan urush millionlab odamlarni hayotdan olib ketdi.
 
O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Rayhon To‘rayevani keksa avlod vakillari yaxshi taniydi. Yoshlar esa ularni "Oqshom ertaklari” ko‘rsatuvidagi ertakchi buvi sifatida bilishadi. Uzoq yillar Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqali drama teatrida faoliyat yuritgan Rayhon To‘rayeva bugun farzandlari, nabiralari davrasida keksalik gashtini surmoqda.
 
Onaxonning bolalik yillarida ayni urush yillariga to‘g‘ri kelgan. 7 sinfda o‘qib yurgan kezlari uni ham boshqa sinfdosh qizlar qatorida urushga chaqirishdi... Onaxonning boshidan o‘tgan og‘ir kunlar, taqdir sinovlari haqida yaxshisi uning o‘zidan eshiting.
 
Rayhon To‘rayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist:
 
— To‘g‘risi, u davrlarni eslagim ham kelmaydi. Urush boshlanib, mahallada erkak zotidan asar ham qolmadi. Hali voyaga yetmagan bolalar, keksa chollarni aytmasa, mol-holga qarash, dalaga chiqib ekin ekish, xullas erkaklar qiladigan hamma ishni qilish ayollarga qolib ketdi. Bu ham yetmagandek,7 sinfda o‘qib yurgan paytlarim maktabimizdan 13 ta qizni urushga olib ketadigan bo‘lishdi. Ular orasida mening ham nomim bor edi. Biz esa lom-mim demay, rozi bo‘ldik. Uydagilarga esa Moskvaga olimpiadaga ketyapmiz, deb aldadik.
 
Ko‘p o‘tmay hammamiz urushga otlandik. Usti ochiq vogonda pichanlar ustida yotib ketarkanman "Yana uyga qaytarmikinmiz, urush qachon tugarkin o‘zi, nimaga, kim bilan urushyapmiz”, degan savol tinchlik bermasdi. Na ovqatning va na kiyim-kechakning tayini bor. Sovuq esa etimizni qaqshatardi. Yaxshiyamki, onam yo‘lga otlanayotganimda xaltachaga mayiz va no‘xat solib berib yuborgan ekanlar. O‘shani yeb qorin g‘amlaganmiz.
 
13 kun deganda Rossiyaga yetdik. U yerdan esa Leningradga yo‘l oldik. Qahraton qish emasmi, sovuqdan oyoqlarimiz yaxlab qolgandi. Vogonlardan anqiyotgan hid esa ko‘nglimizni ozdirardi. Ichishga, hatto, suv ham yo‘q. Qorni chelakchaga solib, eritib ichardik.
 
O‘sha mash'um kunlarni esladim deguncha oyoqlarim zirillab, ko‘z oldim qorong‘ulashib ketadi. Bir kuni oyoqlarim juda qattiq muzlab, hech narsani sezmaydigan bo‘lib qoldim. Doktorlar oyog‘ingni kesamiz deyishdi. O‘shanda men qanday holatga tushganimni tasavvur qilsangiz edi... Hayotim shu nuqtada o‘z payoniga yetdi deb o‘ylagandim. Yo‘q, Yaratgan menga shafqat qildi. O‘sha yerdagi shifokorlar yana bir umid borligini aytib, 5 soat davomida issiq va sovuq suv bilan oyoqlarimga muolaja qildi. Oyog‘imni hali muzdek, hali qaynoq suvga tiqdi. Bir necha soatgacha hech narsani sezganim yo‘q. Keyin sekin-sekin oyog‘im jimirlayotganini sezib, yig‘la yubordim. Ko‘p o‘tmay yurib ketdim. Shundan so‘ng, meni urushga jo‘natmay, uyimga qaytarib yuborishdi.  9 oy deganda ming qiyinchiliklar bilan uyimga qaytib keldim.
 
(Yig‘lab) Juda g‘o‘r bo‘lgan ekanmiz. Eshigimizni qoqib kelgan odam urushga desa, yo‘q demay oldiga tushib ketavergan ekanmiz. Qiz bolaman, urushda men nima qilaman, deb o‘ylab ham ko‘rmabmiz. Urushga men bilan birga jo‘natilgan sinfdoshlarimni qaytib ko‘rganim yo‘q. Hammalari urushda dom-daraksiz ketishdi. Balki Yaratning o‘zi meni qonli jangohda birovlarning qo‘lida o‘lib ketishimni istamagandir.
 
Hozir oyoqlarim og‘ridi deguncha, o‘sha davrlardagi qiyinchiliklar, bir burda nonga zor bo‘lgan paytlarimiz yodimga tushaveradi. Xudoga shukr bugun hamma narsamiz o‘zimizniki, istaganimiz oldimizda muhayyo. Farzandlarimiz, nabiralarimiz emin-erkin obod va ozod Vatanda yashashmoqda. Bularning qadriga yetish kerak. Eng muhimi yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo bo‘lsin.
 
To‘g‘risini aytsam, nimaga 20 yil bo‘lsa ham kechroq tug‘ilmagan ekanman deb o‘ylab qolaman. Bugungi yoshlar juda chiroyli hayot kechirmoqda. Ularni ko‘rib havasim keladi. 

Категория: Har-Hil | Просмотров:1144 | Добавил: Moderator | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:16:39
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь