• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
QAYSI TAS-IX TIZIMI QULAY?
Всего ответов: 288
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 20
Гостей: 20
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 18 » Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart Toqayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi
15:09
Shavkat Mirziyoyev va Qosim-Jo‘mart Toqayev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev hamda Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev o‘rtasida telefon orqali muloqot bo‘lib o‘tdi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

"Suhbat davomida epidemiologik vaziyat hamda ikki mamlakatda koronavirus infeksiyasi tarqalishini oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan keng ko‘lamli chora-tadbirlar batafsil muhokama qilindi. Ushbu pandemiyaga qarshi samarali kurashish va ehtimoliy oqibatlarni kamaytirish maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettirish va o‘zaro muvofiqlashgan harakatlarni amalga oshirish muhimligi qayd etildi”, – deyiladi axborotida.

Prezidentlar oliy darajadagi hamkorlik va ikki mamlakat hukumatlari faoliyatini muvofiqlashtirish to‘g‘risida kelishib oldi. Suhbat chog‘ida O‘zbekiston va Qozog‘iston o‘rtasidagi savdo-iqtisodiy va gumanitar sohalardagi hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha birgalikdagi ishlarni davom ettirish muhimligi to‘g‘risida fikr bildirildi.

"Davlat rahbarlari koronavirus pandemiyasining tarqalishi bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qilib, kasallikka qarshi kurash bo‘yicha ko‘rilayotgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot almashgan”, – deyiladi Akkorda xabarda.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 33 nafarga yetgan. Jumladan 15 ta holat Olmaotada qayd etilgan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi.

Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan fuqarolar soni 13 nafarga yetdi. Bungacha 11-mart kuni Fransiyadan (virus 15-mart kuni aniqlangan), 14-mart kuni Buyuk Britaniyadan, 15-mart kuni Turkiyadan qaytgan, shuningdek, Dubaydan qaytgan jami to‘rt nafar fuqaroda koronavirus infeksiyasi aniqlangani haqida xabar berilgan edi.

Bundan tashqari, Fransiyadan qaytgan fuqaroning o‘g‘li, qizi, turmush o‘rtog‘i, nevarasi va bir qarindoshida, Turkiyadan qaytgan birinchi bemorning rafiqasi va ular bilan bir reysda bo‘lgan yana bir fuqaroda ham kasallik aniqlangani ma’lum qilingan edi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:561 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:50
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031