• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
Qaysi mobil operatordan foydalanasiz?
Всего ответов: 373
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 4
Гостей: 4
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 20 » Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi
15:29
Shavkat Mirziyoyev va Nursulton Nazarboyev koronavirus bilan bog‘liq vaziyatni muhokama qildi

Shavkat Mirziyoyev 20-mart kuni Qozog‘istonning birinchi prezidenti – Nursulton Nazarboyev bilan telefon orqali muloqot qildi, deb xabar bermoqda Prezident matbuot xizmati.

Qayd etilishicha, suhbat avvalida ikki mamlakat yetakchilari bir-birlarini hamda qardosh O‘zbekiston va Qozog‘iston xalqini yaqinlashib kelayotgan Navro‘z bayrami bilan tabrikladi.

Shuningdek, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish, shuningdek, uning barqaror ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga hamda ko‘p qirrali O‘zbekiston—Qozog‘iston munosabatlarining bugungi sur’atiga salbiy ta’sirini kamaytirish borasida ko‘rilayotgan qat’iy chora-tadbirlar to‘liq qo‘llab-quvvatlandi.

Hukumatlar darajasida sa’y-harakatlarni samarali muvofiqlashtirish va yaqindan hamkorlikni davom ettirish muhimligi qayd etildi.

Muloqot chog‘ida ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb jihatlari ham ko‘rib chiqildi, mintaqaviy hamkorlik va xalqaro ahamiyatga molik masalalar yuzasidan fikr almashildi.

Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda koronavirusni yuqtirib olganlar soni 49 nafarga yetgan. Mamlakatda ommaviy tadbirlar bekor qilindi, maktab o‘quvchilari ta’tilga ertaroq chiqdi, davlat organlariga xorijga xizmat safariga chiqish taqiqlandi. Fuqarolarga qo‘l berib ko‘rishmaslik tavsiya qilindi. Mamlakatda koronavirus tarqalishi munosabati bilan 16-martdan 15-aprelga qadar favqulodda holat rejimi joriy qilindi. Bu davrda qozog‘istonliklar mamlakatni tark eta olmaydi (xorijga davolanish uchun ketayotganlardan tashqari).

O‘zbekistonda esa koronavirusga chalinganlar soni 33 nafarga yetdi. Prezident koronavirus pandemiyasining aholi turmushi va iqtisodiyot tarmoqlariga salbiy ta’sirini yumshatish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazdi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi koronavirus daf bo‘lishi uchun tavsiya qilingan duolar va amallarni e’lon qildi. Ko‘ngilli dasturchilar tomonidan esa koronavirus haqida ma’lumot beruvchi o‘zbek tilidagi sayt ishga tushirildi.
Avvalroq Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash masalasini Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev va Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan ham muhokama qilgandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:553 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:05:54
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031