• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 11
Гостей: 11
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » May » 6 » Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti koronavirusning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish masalalarini muhokama qildi
20:07
Shavkat Mirziyoyev va Eron prezidenti koronavirusning iqtisodiy oqibatlarini yumshatish masalalarini muhokama qildi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 6-may, chorshanba kuni Eron Islom Respublikasi prezidenti Hasan Ruhoniy bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Ta’kidlanishicha, suhbat avvalida davlat rahbarlari muborak Ramazon oyi munosabati bilan samimiy qutlovlar almashib, bir-biri va do‘st xalqlarga koronavirusning global miqyosda tarqalishi bilan bog‘liq bugungi murakkab davrda sihat-salomatlik va farovonlik tiladi.

Ikki tomonlama munosabatlarning dolzarb masalalari, shu jumladan, savdo-iqtisodiy va transport-kommunikatsiya sohalaridagi amaliy hamkorlikni kengaytirish istiqbollari batafsil ko‘rib chiqildi.

Prezidentlar pandemiyaning savdo amaliyotlari, iqtisodiyotning turli tarmoqlarida amalga oshirilayotgan kooperatsiya loyihalari, eksport-import yuklarining tranzit tashuvlari uchun salbiy oqibatlarini kamaytirish maqsadida tegishli vazirlik va idoralarga videoanjumanlar o‘tkazib borishni davom ettirishni topshirdi.

Shuningdek, koronavirusga qarshi kurashishda sa’y-harakatlarni muvofiqlashtirish va yaqindan hamkorlik qilishga, jumladan, ushbu xavfli kasallikni profilaktika qilish va davolash borasida, aholi va biznesni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha birinchi galdagi choralar bo‘yicha axborot va tajriba almashishga kelishib olindi.

Muloqot chog‘ida xalqaro hamkorlikka oid qator masalalar ko‘rib chiqildi.

Ma’lumot uchun, koronavirus pandemiyasi boshlanganidan buyon Shavkat Mirziyoyev koronavirusga qarshi kurash masalasida Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Turkmaniston, Afg‘oniston, Tojikiston, Janubiy Koreya va Turkiya prezidentlari bilan telefon orqali muloqot qildi. Bundan tashqari, Shavkat Mirziyoyev Yevropa kengashi prezidenti Sharl Mishel bilan ham koronavirusga qarshi kurash masalasini muhokama qilgan edi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Prezidenti 2-may kuni Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev bilan telefon orqali bo‘lib o‘tgan muloqotda Sardoba suv omborida yuz bergan holatni muhokama qilgandi. Shuningdek, Shavkat Mirziyoyev 4-may kuni Qirg‘iziston prezidenti So‘ronboy Jeenbekov, 5-may kuni Tojikiston prezidenti Emomal Rahmon va 6-may kuni Turkmaniston prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov bilan koronavirusga qarshi kurash masalasini hamda Sardobada yuz bergan falokatni telefon orqali muhokama qildi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:524 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:22:45
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь