• Merganlar - O'zbek Tilida
  • Zulmatdan Ovoz - O'zbek Tilida
  • Hevenhyorst - O'zbek Tilida
  • Yitqichni Izlab - O'zbek Tilida
  • Bo'rilar Jasorati - O'zbek Tilida
  • Yalmog'iz Dunyoni Qutqaradi - O'zbek Tilida
  • Ilonli Botqoq - O'zbek Tilida
  • Begona - O'zbek Tilida
  • Vahshiy Ona - O'zbek Tilida
  • Uddalab Bo'lmas Topshiriq 7 - O'zbek Tilida
  • Kompaniya - O'zbek Tilida
  • Hech Kimga Aytma - O'zbek Tilida
  • Najot Tongi - O'zbek Tilida
  • Stoun Yuragi - O'zbek Tilida
  • Avlod - O'zbek Tilida
  • Berkin - O'zbek Tilida
  • Solomon Keyn - O'zbek Tilida
  • Raketachilar Klubi - O'zbek Tilida
  • Enaga - O'zbek Tilida
  • Meg 2 - O'zbek Tilida
Наш опрос
SAYTGA QAYSI QURILMADAN KIRDINGIZ?
Всего ответов: 1969
Статистика


Яндекс.Метрика


Сейчас онлайн: 8
Гостей: 8
Пользователи 0

faxriddin
Tre
Submarine
Sher80
Tohirjon
hbahodir1980
Umida4008
17797
Nodirjon
Yagshisaxet
Главная » 2020 » Mart » 13 » Shavkat Mirziyoyev Urganchda quriladigan Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘i loyihasi bilan tanishdi
20:22
Shavkat Mirziyoyev Urganchda quriladigan Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘i loyihasi bilan tanishdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga 2018-yilda amalga oshirgan tashrifi chog‘ida Urganch shahrida Jaloliddin Manguberdi memorial bog‘i tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatma bergan edi. Shunga muvofiq loyiha taklifi tayyorlanib, bu galgi tashrif chog‘ida namoyish qilindi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Davlat rahbari haykalning xomaki nusxasini, uning atrofdan ko‘rinishini sinchiklab ko‘rdi. Mazkur yodgorlik mahobatli bo‘lishi, uzoqdan ham yaqqol ko‘zga tashlanib turishi zarurligini ta’kidladi.

Bog‘ uchun mo‘ljallanayotgan maydon mutasaddilar bilan muhokama qilindi.

"Jaloliddin Manguberdi — buyuk sarkarda bobomiz, millatimizning faxr-u g‘ururi. Unga bag‘ishlangan maydon shunga yarasha katta, mazmunli bo‘lishi kerak. Bog‘ bo‘ylab Manguberdining ozodlik uchun kurashi, janglari haqida lavhlar o‘rnatilishi zarur. Bu yerga kelgan odam faqat haykalni ko‘rmay, o‘ziga bilim, kuch-qudrat olsin, turistlar tariximizni o‘rgansin”, — dedi Shavkat Mirziyoyev.

Loyihani qaytadan puxta ishlab chiqish, transport harakati uchun qulayliklarni inobatga olish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Shavkat Mirziyoyev Xorazm viloyatiga safari davomida "Hazorasp” erkin iqtisodiy zonasidagi Develop Textile korxonasida, Yangiariq tumanidagi yiliga 5 million dollar daromad keltiradigan issiqxonada bo‘ldi, Ichan-qal’aga tashrif buyurib, Amir To‘ra madrasasining restavratsiyasi bilan tanishdi, Xivadagi Prezident maktabi o‘quvchilari bilan muloqot qildi. Prezident tashrif davomida viloyat faollari bilan yig‘ilish o‘tkazdi hamda Xorazmda 58 ming oila kambag‘allik bo‘sag‘asida kun kechirayotganini ma’lum qildi. Yig‘ilish davomida Shavkat Mirziyoyev avtomobillar narxi oshirilganini tanqid qildi. Xorazmda Damas va Labo’ning lokalizatsiyasi oshirilishi ma’lum qilindi. Davlat rahbarining Xorazm viloyatiga safari yakunlandi.
Категория: Har-Hil | Просмотров:589 | Добавил: moderator | Теги: yangilik | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
Добавлять комментарии могут только зарегистрированные пользователи.
[ Регистрация | Вход ]
Профил
Время:06:04
Добро Пожаловать, Mexmon
Поиск
Калькулятор
Календарь
«  Mart 2020  »
ПнВтСрЧтПтСбВс
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
23242526272829
3031